Ministry of Foreign Affairs, Republic of Uzbekistan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Министерство иностранных дел Республики Узбекистан.
Following travel disruptions affecting Uzbek pilgrims returning from Saudi Arabia, swift action by Uzbekistan’s diplomatic and consular services helped more than 1,700 citizens return home safely. IOM values this close partnership in protecting citizens abroad. #SafeMigration
Received H.E. Hassan bin Hamza Hashim, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the State of Qatar to the Republic of Uzbekistan.
Discussed ways to further strengthen the strategic partnership between #Uzbekistan and #Qatar, as well as the consistent implementation of the agreements reached during high-level engagements.
Exchanged views on the prospects for expanding cooperation in trade and economy, investment, transport and logistics, energy, tourism, and cultural and humanitarian fields.
Also reviewed the schedule of upcoming bilateral events and discussed current issues of cooperation within international organizations.
The Ambassador conveyed the sincere appreciation of the Qatari side for the recent visit of the President of the Republic of Uzbekistan, H.E. Shavkat Mirziyoyev, to Doha following the passing of H.H. Sheikh Hamad bin Khalifa Al Thani, the former Amir of the State of Qatar, and for his personal expression of condolences and sympathy.
***
Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan bin Hamza Hoshim janoblarini qabul qildik.
Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi muloqotlar doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, energetika, turizm va madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.
Shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlarini koʻrib chiqdik.
Elchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining Qatar Davlati sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy Hazrati Oliylarining vafoti munosabati bilan yaqinda Doha shahriga tashrif buyurib, shaxsan bildirgan hamdardligi va taʼziyasi uchun Qatar tomonining samimiy minnatdorligini yetkazdi.
Had a substantive phone conversation with H.E. @DrSJaishankar, Minister of External Affairs of India.
Noted with satisfaction that bilateral relations between 🇺🇿🤝🇮🇳, based on a strategic partnership, continue to develop steadily across all areas of cooperation.
Also exchanged views on the schedule of upcoming bilateral engagements at the highest and high levels, as well as on further strengthening cooperation within international organizations.
Agreed to continue the close, trust-based, and regular dialogue between our foreign ministries.
***
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan telefon orqali mazmunli muloqot oʻtkazdik.
🇺🇿🤝🇮🇳 oʻrtasidagi strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha jabhalarda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, oliy va yuqori darajada boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.
Tashqi siyosiy idoralarimiz oʻrtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldik.
Pleased to receive the copies of the credentials of H.E. Rafeda Binti Abdul Aziz, the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Malaysia to the Republic of Uzbekistan.
Discussed the prospects for further expanding the multifaceted cooperation between #Uzbekistan and #Malaysia. Noted with satisfaction that, thanks to the active high-level dialogue in recent years, our bilateral relations have reached a qualitatively new level.
Particular attention was given to expanding trade and economic ties, deepening investment cooperation, and advancing new joint projects across a wide range of sectors.
Wished Ms. Ambassador every success in her diplomatic mission in Uzbekistan and reaffirmed our readiness to provide every possible support in carrying out her important responsibilities.
***
Malayziyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rafeda binti Abdul Aziz xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz.
Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik. Soʻnggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va koʻplab sohalarda yangi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi xonimga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, uning masʼuliyatli faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanimizni tasdiqladik.
Received the copies of the credentials of H.E. Muhammad @AmbMudassir Tipu, the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Islamic Republic of Pakistan to the Republic of Uzbekistan.
During the meeting, we held detailed discussions on further strengthening the strategic partnership between Uzbekistan and Pakistan, as well as ensuring the consistent implementation of the agreements reached at the highest level.
Identified the expansion of trade, economic and investment cooperation, the activation of mechanisms under the Strategic Partnership Council, the increase of bilateral trade, and the development of interregional ties as key priorities.
Wished Mr. Ambassador every success in his diplomatic mission in Uzbekistan and reaffirmed our readiness to work closely and effectively together to further enrich our bilateral relations with new substance.
***
Pokiston Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Mudassir Tipu janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini batafsil muhokama qildik.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Strategik hamkorlik kengashi doirasidagi mexanizmlarni faollashtirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishni ustuvor vazifalar sifatida qayd etdik.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, oʻzaro munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitish yoʻlida yaqin va samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanimizni bildirdik.
Received H.E. Beibut Atamkulov, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Kazakhstan to Uzbekistan, on the occasion of the completion of his diplomatic mission in our country.
The Ambassador’s tenure in Uzbekistan coincided with an important historic period in #Uzbekistan–#Kazakhstan relations. In particular, on December 22, 2022, the Treaty on Allied Relations between our two states was signed.
Expressed our sincere gratitude to the Ambassador for his significant personal contribution to strengthening friendship, good-neighborliness and allied relations between our two brotherly countries.
It is particularly noteworthy that the diplomat’s contribution in this regard was highly recognized by President of the Republic of Uzbekistan H.E. Shavkat Mirziyoyev, who awarded him the Order of “Dustlik” (Friendship).
We will always highly value the Ambassador as a sincere friend of Uzbekistan and a distinguished professional, and wish him every success in his future endeavors.
@MFA_KZ@uzbekmfa
***
Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov janoblarini mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildik.
Elchining yurtimizdagi faoliyati Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlarida muhim tarixiy davrga toʻgʻri keldi. Xususan, 2022-yil 22-dekabrda davlatlarimiz oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
Ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli shaxsiy hissasi uchun Elchi janoblariga samimiy minnatdorlik bildirdik.
Diplomatning bu boradagi xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari tomonidan yuksak baholanib, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani alohida eʼtirofga loyiq.
Elchi janoblarini Oʻzbekistonning samimiy doʻsti va oʻz ishining yuksak professionali sifatida qadrlab qolamiz va kelgusi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Received copies of the credentials of the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Azerbaijan to our country, H.E. Rashad Mammadov (@R_Eynaddinoglu).
#Uzbekistan and #Azerbaijan are bound by centuries-old ties of brotherhood, shared historical and cultural roots, as well as mutual respect. Thanks to the close relations between the Leaders of our countries, built on a high level of trust, this solid foundation is today being enriched with new substance of strategic partnership and allied relations.
During the meeting, we paid particular attention to maintaining the high dynamics of political dialogue, expanding trade, economic and investment cooperation, as well as advancing joint projects in the fields of transport and logistics.
We are convinced that the Ambassador’s extensive diplomatic experience will contribute to further strengthening Uzbekistan–Azerbaijan allied relations and enriching our cooperation with new practical outcomes.
***
Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedov janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik.
Oʻzbekiston va Ozarbayjonni koʻp asrlik qardoshlik rishtalari, mushtarak tarixiy va madaniy ildizlar hamda oʻzaro hurmat birlashtirib turadi. Davlatlarimiz rahbarlari oʻrtasidagi yuksak ishonchga asoslangan yaqin munosabatlar tufayli bu mustahkam poydevor bugun strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi mazmuni bilan boyib bormoqda.
Uchrashuvda siyosiy muloqotning yuqori surʼatini yuksak darajada davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi janoblarining boy diplomatik tajribasi Oʻzbekiston–Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va hamkorligimizni yangi amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Received the credentials of H.E. Enrique Ignacio Ferrer Vieyra, appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the #Argentine Republic to the Republic of #Uzbekistan.
Today, it is particularly important to make more effective use of the existing potential of relations between our countries, intensify political dialogue, and strengthen institutional ties between our Ministries of Foreign Affairs.
We are committed to making trade and economic cooperation one of the key pillars of our bilateral relations.
Wished the Ambassador every success in carrying out his diplomatic mission in our country.
@ArgentinaMFA@uzbekmfa
***
Argentina Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Enrike Ignasio Ferrer Viyeyra janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik.
Bugun mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning mavjud salohiyatidan yanada samarali foydalanish, siyosiy muloqotni faollashtirish va tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi aloqalarni institutsional asosda mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni ikki tomonlama munosabatlarning asosiy ustunlaridan biriga aylantirish tarafdorimiz.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladik.
Received the credentials of H.E. Alkali Fanka Conteh, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of the Gambia to Uzbekistan.
#Uzbekistan attaches particular importance to expanding mutually beneficial ties with African countries. In this context, we see significant untapped potential for cooperation with the #Gambia.
Particular attention was paid to establishing trade and economic ties.
We are convinced that the Ambassador’s activities in our country will contribute to enriching bilateral relations with concrete practical substance.
@GambiaMoFA@uzbekmfa
***
Gambiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontex janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik.
Oʻzbekiston Afrika davlatlari bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu borada Gambiya bilan hali toʻliq foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi janoblarining yurtimizdagi faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonamiz.
Pleased to receive the credentials of H.E. Sara Martins, Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of Portugal to Uzbekistan.
Our visit to Lisbon in April this year marked an important step in further developing #Uzbekistan–#Portugal relations, intensifying political dialogue, and identifying new areas of mutually beneficial cooperation.
During our conversation, we paid particular attention to the consistent implementation of the agreements reached during the visit, intensifying economic diplomacy, and strengthening interregional ties.
Wish the Ambassador every success in her diplomatic mission in Uzbekistan.
@nestrangeiro_pt@uzbekmfa
***
Portugaliyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sara Martinsh xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz.
Joriy yil aprel oyida Lissabonga amalga oshirgan tashrifimiz Oʻzbekiston–Portugaliya munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishda muhim qadam boʻldi.
Suhbatimizda tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, hududlararo aloqalarni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Elchi xonimga Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz
Received the credentials of H.E. Johanna Maria Ågren, newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Finland to our country.
In recent years, #Uzbekistan–#Finland relations have gained significant momentum.
Noted the importance of expanding trade, economic and investment cooperation, as well as encouraging direct contacts between the business communities of our two countries.
Wished the Ambassador every success in her responsible diplomatic mission and reaffirmed our full support for her efforts aimed at further strengthening Uzbekistan–Finland relations.
***
Finlyandiya Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoxanna Mariya Ogren xonimdan ishonch yorliqlarini qabul qildik.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston–Finlyandiya munosabatlari sezilarli darajada faollashmoqda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligini qayd etdik.
Elchi xonimga masʼuliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, Oʻzbekiston–Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimizni tasdiqladik.
Received copies of the credentials of H.E. Yeraly Tugzhanov, newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Kazakhstan to Uzbekistan.
We highly value the strong level of strategic partnership and allied relations achieved with brotherly Kazakhstan. Thanks to the trust-based dialogue and strong political will of the Leaders of our countries, #Uzbekistan–#Kazakhstan relations are dynamically developing across all areas.
During our conversation, we discussed increasing mutual trade, expanding industrial cooperation and interregional ties, as well as accelerating the implementation of joint projects in transport and logistics.
Wish the Ambassador every success in his important and honorable diplomatic mission in Uzbekistan.
***
Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik.
Qardosh Qozogʻiston bilan erishilgan strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuksak darajasini alohida qadrlaymiz. Davlatlarimiz rahbarlari oʻrtasidagi ishonchli muloqot va mustahkam siyosiy iroda tufayli bugun Oʻzbekiston–Qozogʻiston munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanib bormoqda.
Suhbatimiz davomida oʻzaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi, hududlararo aloqalar, transport va logistika sohalaridagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildik.
Elchi janoblariga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Had warm talks with H.E. Jeenbek Kulubaev, Minister of Foreign Affairs of the Kyrgyz Republic, today in Cholpon-Ata.
Noted with satisfaction that the relations of friendship, good-neighbourliness, strategic partnership, and alliance between #Uzbekistan and #Kyrgyzstan are reaching a new level.
Particular attention was paid to ensuring the effective implementation of the agreements reached at the highest level.
Reaffirmed our readiness to further strengthen practical cooperation within the United Nations, the Shanghai Cooperation Organisation, the Organization of Turkic States, the Non-Aligned Movement, and other multilateral platforms.
Also reviewed the schedule of upcoming visits and joint events at various levels.
@MFA_Kyrgyzstan
***
Bugun Choʻlponota shahrida Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan samimiy uchrashuv oʻtkazdik.
Muloqot davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdik.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
BMT, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Qoʻshilmaslik harakati va boshqa koʻp tomonlama platformalar doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligimizni tasdiqladik.
Shuningdek, turli darajadagi boʻlajak tashriflar va qoʻshma tadbirlar jadvalini koʻrib chiqdik.
Pleased to meet with H.E. Wang Yi, Member of the Political Bureau of the CPC Central Committee and Minister of Foreign Affairs of the People’s Republic of #China.
Discussed a broad range of issues related to bilateral cooperation in political, trade and economic, investment, high-tech, and other priority areas.
Particular attention was paid to the timely and full implementation of the agreements reached at the highest level, as well as to enhancing the effectiveness of our economic diplomacy.
Also had an in-depth exchange of views on current issues of cooperation within the United Nations, the Shanghai Cooperation Organisation, the China–Central Asia mechanism, and other multilateral frameworks.
Reaffirmed our readiness to mobilize all necessary efforts to further strengthen the All-Weather Comprehensive Strategic Partnership between our countries.
***
Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Van I janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz.
Muloqotimizda siyosat, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorligimizning keng koʻlamli masalalarini muhokama qildik.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga, iqtisodiy diplomatiyamiz natijadorligini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, “Markaziy Osiyo – Xitoy” mexanizmi va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdik.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlida zarur saʼy-harakatlarni birgalikda safarbar etishga tayyorligimizni tasdiqladik.
Together with my colleagues had a great privilege to meet H.E @sadyrzhaparovkg, President of the Kyrgyz Republic.
Delivered the warmest regards of H.E. @president_uz, President of Uzbekistan.
Noted that the brotherly relations established between our Leaders provide a solid foundation for close cooperation across all areas.
Also commended the extensive efforts undertaken during the #Kyrgyz Republic's Chairmanship of the Shanghai Cooperation Organisation to ensure the successful and substantive preparation of the upcoming SCO Summit in #Bishkek.
Representatives of Uzbekistan continue to take an active part in all meetings of SCO bodies at various levels, as well as in conferences, forums, and other events held under the auspices of the Organization.
***
Hamkasblarimiz bilan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Janobi Oliylari bilan uchrashishdan bagʻoyat mamnunmiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik.
Rahbarlarimiz oʻrtasida oʻrnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik qilish uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda.
Qirgʻizistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Sammitni har tomonlama mazmunli oʻtkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni qayd etdik. Oʻzbekistonning turli darajadagi vakillari SHHT tuzilmalarining barcha yigʻilishlari, shuningdek, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Participated in the regular meeting of the Council of Foreign Ministers of the Shanghai Cooperation Organisation Member States, today in Cholpon-Ata.
As part of the preparations for the upcoming #SCO Summit, we discussed the Organisation’s priority areas, further development of multilateral cooperation, expansion of economic, transport and logistics ties, as well as pressing issues related to regional security and sustainable development.
At the conclusion of the meeting, we signed a number of documents.
As part of the event, together with the heads of delegations, we also took part in a ceremony to jointly create a symbolic painting. This initiative reflected our shared commitment to further strengthening the spirit of mutual trust, friendship and good-neighbourliness across the SCO space.
We express our deep appreciation to H.E. Jeenbek Kulubaev, Minister of @MFA_Kyrgyzstan, and all the organizers for the excellent arrangements and warm hospitality.
***
Bugun Choʻlponota shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdik.
Boʻlajak ShHT sammitiga tayyorgarlik koʻrish doirasida Tashkilot faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga oid dolzarb masalalarni muhokama qildik.
Yigʻilish yakunida qator hujjatlarni imzoladik.
Anjuman doirasida delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda ramziy ma’noga ega bo‘lgan kartinani yaratish marosimida ham qatnashdik. Ushbu tashabbus ShHT makonida o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhini yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishimizning ifodasi bo‘ldi.
Tadbirlarni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondoʻstligi uchun Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari va barcha tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
On the sidelines of the SCO Council of Foreign Ministers meeting, we held a substantive meeting with H.E. Sergey Lavrov, Minister of Foreign Affairs of the #Russian Federation.
Particularly noted the strong momentum in the strategic partnership and allied relations between #Uzbekistan and #Russia. The active and trust-based dialogue between our Leaders provides a solid foundation for the consistent development of cooperation across all areas.
Special attention was paid to the timely and full implementation of agreements reached at the highest level, further expansion of trade, economic and interregional ties, as well as the intensification of cultural and humanitarian exchanges.
Also exchanged views on current regional and international issues and reaffirmed our readiness to continue close cooperation within the #SCO, #CIS, #UN and other multilateral frameworks.
@mfa_russia@uzbekmfa
***
ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishi doirasida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylari bilan mazmunli uchrashuv oʻtkazdik.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuksak surʼatini alohida qayd etdik. Davlatlarimiz Rahbarlari oʻrtasidagi faol va ishonchli muloqot barcha yoʻnalishlardagi hamkorlikni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, savdo-iqtisodiy va hududlararo aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik hamda ShHT, MDH, BMT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanimizni tasdiqladik.
Glad to meet with H.E. Yermek Kosherbayev, Minister of Foreign Affairs of the Republic of Kazakhstan.
Particularly noted the high level of strategic partnership and allied relations between #Uzbekistan and #Kazakhstan. The close and trust-based dialogue between our Leaders provides a solid foundation for the consistent development of cooperation across all areas.
Discussed topical issues on the bilateral agenda and emphasized the importance of the timely and effective implementation of agreements reached at the highest level.
Also exchanged views on our cooperation within the SCO, as well as on current regional and international issues.
@MFA_KZ@uzbekmfa
***
Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi yuksak darajasini alohida qayd etdik. Davlatlarimiz Rahbarlari oʻrtasidagi yaqin va ishonchli muloqot barcha yoʻnalishlardagi hamkorligimizni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratmoqda.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini taʼkidladik.
Shuningdek, ShHT doirasidagi hamkorligimiz hamda dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik.
Had a substantive meeting with H.E. Abbas @araghchi, Minister of Foreign Affairs of the Islamic Republic of Iran.
Expressed serious concern over the continuing tensions in the Middle East, stressing that exercising restraint and resuming dialogue are now more important than ever.
Discussed further development of the multifaceted relations between #Uzbekistan and #Iran. Particular attention was paid to effectively utilizing the existing potential for cooperation in trade and economic, transport and logistics, and other priority areas.
Also reaffirmed our readiness to continue close and trust-based dialogue within international organizations.
***
Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi janoblari bilan mazmunli uchrashuv oʻtkazdik.
Yaqin Sharq mintaqasida keskinlik davom etayotganidan jiddiy tashvish bildirib, bunday sharoitda vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash har qachongidan ham muhim ekanini alohida taʼkidladik.
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Savdo-iqtisodiy, transport-logistika va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikning mavjud salohiyatidan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin va ishonchli muloqotni davom ettirishga tayyorligimizni tasdiqladik.