Twitter accountim yo'q bo'lib ketmapti. Shuncha tanaffusdan keyin yo'q bo'lgan deb o'ylagandim. Aytishlaricha, haqiqiy do'stlar seni hech qachon tark etmas ekan!
Kimnidir qonuniy huquqi cheklanishidan mamnun bo’layotganlar huddi teshik kemada turvolib cho’kayotgan odamni mazax qilayotganga o’xshaydi.
Ertaga sizning huquqlaringizga ham navbat kelishini o’ylamaysizmi?
Huquq kushandalari bo’lgan jamiyatning halokati muqarrar.
Parvo qilma, bo��lmaganni bo’ldiramiz,
Paymonasi to’lmaganni to’ldiramiz.
Bir zamonlar otar edik, osar edik,
Endi esa majlis qilib o’ldiramiz.
Abdulla Oripov
1988 yil.
Bir hafta davomida Dubaining katta ko’chalarida kunduzi bironta yuk mashinasi ko’rinmaganim mani zeriktirgandi.
Bizda esa kunning xohlagan paytida, yo’lning xohlagan chizig’ida forsaj-forsaj o’yini qiziydi.
Mayli, tirikchilik…
@alisherQodir Elektoratiz oldida noqulay bo’lgandir, shu elektoratning to’lovlari va xalqning pullari evaziga shuncha yil faoliyat yuritib, davlat boshqaruviga bitta nomzod tayyorlay olmay, boshqa partiyaning saylovoldi dasturiga qoyil qolib, partiyangiz qat’iyatini ko’rsatolmaganligiz uchun?
Mani ovozim hech nimani hal qilmasada ko’pchilik qatrida saylovda ishtitok etib, o’zim tanigan yagona nomzodga ovoz berdim.
Farzandlarimiz bizni saylovlarga befarq emasligimizni ko’rib ulg’ayishsa, xudo hohlasa kelajakda ularni ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi…
Bir "Kitobxon" tanishimning "ey bemani kitob bu, yaxshi kitob emas" mazmundagi tavsiyasiga ishonib Jorj Oruellning "Molxona" asarini o'qimagan edim.
Kecha audio versiyasini eshitdim.
Kitob - umuman haqiqatdan yiroq ammo kecha va bugunning ayni haqiqatlari haqida ekan.
Yoqdi.
Tushimda Toshkent shahriga kirish pullik ekan.
Viloyatliklar shaharga shaxsiy avtolari bilan kirisholmas ekan va kirish uchun 56.000 so'm to'lov qilishlari kerak ekan...