Hasanxon domlaga nisbatan ko‘nglim qoldi.
Bugun Iman Invest anjumanini YouTube orqali ko‘rdim. Ochig‘i, unda voqelikni soddalashtirish, odamlarni muammoning asl mohiyatidan uzoqlashtirish va manipulyatsiyadan boshqa narsani ko‘rmadim.
Ming afsuski, Hasanxon domla haqida shunday xulosaga keldim.
https://t.co/DJtW2ulnpP
IMAN matbuot xizmati yozmoqda:
“Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid boshchiligida yangi shar'iy kengash tuzilishini rasman e'lon qilamiz
Iman Holding kompaniyasi mamnuniyat bilan shuni ma'lum qiladiki, biz kompaniyamizga yangi shar'iy kengash bo'yicha muvaffaqiyatli qadamlarni qo'ydik.
Taniqli diniy ulamo Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid boshchiligidagi yangi sha'riy kengash tuzilishini ma'lum qilamiz.
Alloh taolo ushbu yangi kengashni kompaniyamiz va investorlarimiz uchun xayrli va muborak qilsin!
Hurmatli investorlar va kuzatuvchilar, bizni ayni paytda qo'llab-quvvatlashingiz va tushunishingizga har qachongidanda muhtojmiz.
Biz — Iman Holding'ning yangi boshqaruv jamoasi agar kamchiliklar bo'lsa, ularni tuzatishga va yanada professional menejment uchun har qanday o'zgarishlarni qilishda qat'iy va sobit turamiz.
Ayni shu vaziyatda taklifimizga yo'q demasdan, rozi bo'lganlari uchun Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajidga tashakkur bildiramiz!
Ustoz bilan birgalikda yangi shar'iy kengashni tuzishni boshlaganimiz barchamizga muborak bo'lsin!“
Alloh xayrli qilsin. Muammolar tez orada hal bölsin.