Yomg’ir so’rab, istisqo namozi o’qish — ilm-fanni inkor qilish emas, aksincha, unga ishonishni anglatadi. Quyida tushuntiraman.
Bu mavzuga aralashish niyatim yo’q edi, chunki befoyda, deb hisoblayman. Allohni yo’q deb hisoblaydiganlarga, uning borligini ishotlashga urinish foyda bermasa kerak. Ammo bahs juda noto’g’ri va mantiqsiz yo’lga ketib qoldi, shunga ikki og’iz fikrimni aytmoqchiman.
Musulmon ahlining yomg’ir so’rab istisqo namozi o’qishini, xuddi ilm-fanga qarshi yoki ishonmaydigandek talqin qilishyapti. Ayrimlar ochiqchasiga kuldi ham.
Keling, ozgina mantiqan o’ylab ko’ramiz. O’shanda bizga yomg’ir kerak edi, qancha vaqtliroq va ko’proq yog’sa, shuncha yaxshi edi. Lekin sinoptiklar yaqin orada yomg’ir yo’q, kelasi hafta oxirida kamroq miqdorda yog’adi, dedi.
Agar ilm-fanga ishonch bo’lmaganda edi, “e, bu sinoptiklar bekorlarni aytibdi, erta-indin yomg’ir yog’adi” deyilgan va hech qanaqa namoz o’qilmagan bo’lardi.
Aynan ilm-fanga ishonganimiz uchun ham mamlakat bo’ylab istisqo namozi o’qildi va “Ey, Allohim, olimlar mana bunaqa deyapti, lekin bizga yomg’ir vaqtliroq kerak edi, o’zing har narsaga qodir Zotsan, shu yomg’irni sal vaqtliroq yog’dir, yoqqanda ham kamgina emas, ko’proq yog’sin” deb so’radik.
Bu duoda ilm-fanga qarshilik yoki olimlarni tan olmaslik, degan gap yo’q. Bu duoda iltijo bor, umid bor, ishonch bor xolos.
Natijada nima bo’ldi? Sinoptiklar prognoz qilgandan 2 kuncha oldin va taxmin qilingandan ko’proq yomg’ir yog’di. Demak, ilm-fan ham adashar ekan, olimlar o’z ustida yanada ko’proq ishlashi va yanada aniqlikka intilishi kerak ekan.
Bunga o’sha namoz va qilingan duo sabab bo’ldimi? Buni hech kim bilmaydi, faqat Allohga ayon. Hech kimning “men qilgan duo sabab vaqtliroq yomg’ir yog’di” deyishga haqqi yo’q. Asosiysi, biz kutgan ish bo’ldi va shunisiga shukr qilamiz, qolganiga da’vomiz yo’q.
Yanada soddaroq xulosa qilsak: eng manaman degan zamonaviy texnologiya ham 100% to’g’ri prognoz qila olmaydi. 99,9% to’g’ri topadi, deylik. O’sha qolgan 0,1% ehtimoli uchun musulmonlar duo qilishda davom etaveradi. Allohning qudrati shunchalar buyukki, o’sha 0,1% ehtimolni ham reallikka aylantirishi mumkin, deb iymon keltiramiz.
Bu duoda ilm-fanga qarshilik yoki olimlarni tan olmaslik, degan gap yo’q. Bu duoda iltijo bor, umid bor, ishonch bor xolos.
Солиштириш нотўғри. Фохишалик қотилликдан яхши ёки қотиллик фохишаликдан яхши деган нарса йўқ, тўғрими? Иккаласига ҳам қарши курашилади. Бизникилар деганда кимни назарда тутканизи тушунолмадим лекин, ўзбекларми ёки ўзизи қариндошларизми?