Maktabimiz o'quvchilari yiliga minglab kitob o'qishadi.
Yangi maktabimizning kutubxonasini ham kitob bilan to'ldirishimiz kerak.
Kim yordam bera oladi?
Nashriyot/Do'konlar bormi?
Sovg'a/Hamkorlik/Bo'lib to'lash - istalgan yordamga xursand bo'lamiz.
Yomon er bo‘lib, yaxshi ota bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon xodim bo‘lib, yaxshi rahbar bo‘lishning iloji yo‘q.
Yomon shogird bo‘lib, yaxshi ustoz bo‘lishning iloji yo‘q.
Maktabimizda yana bir o’quv yili tugadi.
Natijalarimiz bilan bo’lishamiz.
Qavs ichida o’tgan yilgisini yozamiz.
O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 2355+ ta kitob o’qib tugatishdi. (800)
55% o’quvchimizni kitobxon qildik. (30%)
92% o’qituvchilarimiz maktabimizda ishlarini davom ettirishyapti. (91%)
91% ota-onamiz bizni tavsiya qilishni boshlashdi. (81%)
Bitiruvchilarimiz hammalari natija qilishdi. (rasmda). O’tgan yilgi natijalardan ikki barobar oshira oldik.
Jamoamizga, bizga ishonga ota-onalarga rahmat.
Lokomotiv filialimizda ko’p sinflar deyarli to’lib bo’ldi.
Toshkent shahrida, Ibn Sino mavzesida ham filial ochyapmiz. (https://t.co/gG0BXiTM0r)
9-10-11 sinflarga grant ham e’lon qilyapmiz. Bir haftadan keyin imtihon. (https://t.co/3gpmjifSwQ)
Muhit qidirganlarni chorlab qolamiz!
Yordam berishni istaganlar, shu xabarni tarqatishlari kifoya qiladi.
Rahmat.
Uyimizda bo’layotgan voqealarning hammasini bilmay turib, qo‘shnining ishlariga qiziqsak.
Yana u yerdan kelayotgan xabarlarning yarmi yolg‘on bo’lsa.
Rostlari ham, hayotimizni yaxshilamasa.
Bu ishni qilish qanchalik to‘g‘ri?
Dunyo yangiliklari bilan ham shunday.