#oilada_kitobxonlik ✨📚
📖 Kitob — inson qalbiga nur, tafakkuriga kenglik, hayotiga esa mazmun baxsh etuvchi beqiyos xazinadir.
🌱 Kitobxonlik esa oiladan boshlanib, avloddan-avlodga o‘tib boradigan ezgu an’anadir
#to`garak_ mashg`uloti
#davra_suhbati
📖 Bugun Kitobsevarlar to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti «O‘tilgan mavzularni takrorlash» mavzusida qiziqarli, mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
#kitobdan_parcha
— O‘g‘lim, hali san eshitdingmi, yo‘qmi haytovur biz saning ustingdan bir ish qilib qo‘ydiq...
— Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ishlari albatta noma’qul bo‘lmas.
- "O‘tkan kunlar" romanidan
#bugun_matbuotda
Beshariq tumani hokimligining ijtimoiy-siyosiy nashri - "Beshariq tongi" gazetasining 2026 yil 26 sentyabr kungi 39-soni mutolaa uchun havola etildi.
#kitobxon_oila_tashrifi 👨👩👧👦✨
📖 Beshariq tumani Axborot-kutubxona markazi filiali — Rapqon ma’rifat markaziga Abdurazzoq ota mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kitobxon oila tashrif buyurdi. 🌿
#buvijonlar_maʼrifati 📚🌿
📖 Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan “Buvijonlar maʼrifati” loyihasi doirasida Chorbogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi M. Sobirovaning xonadoniga kutubxona xizmati tashkil etildi.
#tavsiya_etamiz
Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” kitobi sizni ilk satrdanoq o‘ziga tortadi: qorong‘u kecha, tasavvur bilan haqiqat orasidagi nozik chegara, bolakayning qo‘rquvga to‘la nigohi…
#kitob_tavsiyasi
«Samarqand osmonida yulduzlar» — Sergey Borodin
🌌 Tarix nafasi, Samarqandning betakror ruhi va yulduzlar ostida kechgan sirli voqealar uyg‘unlashgan ushbu asar o‘quvchini o‘tmishning sehrli olamiga yetaklaydi.
#yangi_kitoblardan_yangi_gʻoyalar_sari#kitob_taqdimoti
🌱 Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai!
Beshariq tumani Axborot-kutubxona markazi filiali Rapqon ma’rifat markazi tomonidan tumandagi “Rapqon” sport maktabining yosh sportchilari uchun yangi adabiyotlar taqdim etildi.
#maʼrifat_chashmasi 📚
📖 “Ko‘chma kutubxona” — ma’rifat va mutolaa sari yana bir qadam!
Beshariq tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida tumandagi “Nuroniylar” jamg‘armasi tashkilotiga kutubxona xizmati yo‘lga qo‘yildi.
🤝
#Asardan_parcha
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanidan iqtiboslar
✍️ O‘zingdan baland amaldor nima desa – ana shuni bajar. So‘zsiz bajar. Ahmoqona bo‘lsa-da, bajar. Ablahona bo‘lsa-da, bajar. Ko‘r-ko‘rona bajar. Ana shunda – o‘sasan!
#toʻgarak_faoliyati
Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan "Yosh kitobxon" toʻgaragi mashgʻulotlari doirasida tumandagi 1-maktabgacha taʼlim muassasasida oʻzbek xalqi ertaklari turkumidan ertaklar oʻqib eshittirildi va ertak asosida savol-javob oʻtkazildi.
#iqtibos
— Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u o‘z asarlarida asosan o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi.
✍️ Abdulla Qodiriy
#zamonaviy_kutubxona_kitobxonlar_xizmatida 📚
🏛 Beshariq tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘limida kitobxonlar hamda yoshlar uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot va mahorat darsi o‘tkazildi. 💻📖
#kutubxona_uchinchi_makon#tashrif#hamkorlik#kitobxonlik
🏛️ Beshariq tumani Axborot-kutubxona markaziga tumandagi “Kelajak markazi” ustoz va murabbiylari “Kutubxona — uchinchi makon” loyihasi doirasida tashrif buyurdilar.
#Ustozlar_hayotimiz_charogʻboni#tadbir
Beshariq tumani axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan "Ustozlar – hayotimiz charogʻboni" nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
#jarayon#yilning_eng_yaxshi_axborot_kutubxona_mutaxassisi
Farg‘ona viloyatidagi mavjud axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichiga start berildi.
#Sayohat
📖 Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi filiali — Rapqon ma’rifat markaziga 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari hamrohligida o‘quvchilar sayohat uchun tashrif buyurdilar.