"Eng yaxshi himoya bu hujum" sinalgan taktikasi. Shaxsiy tajribamdan o'tgan. Bunga munosib javob qarshi hujum.
Afsuski, andisha qilishganmi yoki shaxsni "aurasi" bosganmi, qarshi hujumdan foydalan(ol)ishmabdi.
Lekin bir "jang"da yutish, hali "urush"da ga'laba qildi deganimas.
@the_bakiroo Otabekaka menda ham aynan shu xavotir paydo bo'lgandi. Lekin moliyachilar bu hamma uchun birdek joriy qilinishiga ishontirishdi. Agar yil davomida boshqa qaror bilan o'zgartirilmasa, hozircha mahalliy ishlab chiqaruvchini "himoya" qilish maqsad emas.
@Xurshid96303548@fraximov26@Aslanov_K@the_bakiroo Hech qanday hujjat kerak emas. Asosiy talab homilador ayol xus. sektorda oxirgi 6 oy rasmiy buyruq asosida, soliqlar to'lab ishlagan bo'lishi. Tug'ruqxonada beriladigan ma'lumotni poliknikaga topshirilgach, qolgan jarayon avtomatik bo'larkan.
@bookclubuz A.Banerjee va E.Duflo "Good Economics for Hard times"ni o'qiyapman. "Thinking, Fast and Slow" (D.Kahneman) boshlab qo'yganimga 2 oy bo'ldi, lekin hech tugatolmayapman, kitobni "hazm qilish" qiyin bo'lyabdi.
Aslida, tizimda muammo yo'q ekan. Homiladorlik puli suyunchi kabi tibbiy ma'lumot asosida avtomatik ajratilar ekan. Asosiy muammo, taxmin qilganimdek xus. sektorda ayollar ish o'rinlarini rasmiy emasligida, ya'ni ularga ijtimoiy va daromad soliqlar to'lanmasligida ekan.
Aslida, byudjet korxonalarida ishlaydigan ayollarga homiladorlik puli uchun 24yilda 1,5trln. ko'zda tutilyabdi. (1 trln. Respublika byudjetidan, 500 mlrd esa tashkilotlarining iqtisod mablag'laridan) Xus. sektorda ishlaydiganlarniki b-n qo'shganda jami moliyalashtirish 1,6trln.
2024 йилда 1 млн та бола туғилиши кутилмоқда, агар ҳар бир аёлга берилса, 2 трлн 272 млрд сўм маблағ талаб қилинади. Бюджет-2024 да хусусий секторга 100 млрд, давлат секторида ишлайдиганлар учун 1 трлн ажратиш кўзда тутилган. Қарийб 1 трлн 200 млрд сўм кам молиялаштирилмоқда...
@batya74 Byudjet korxonalarida ishlaydigan ayollarga homiladorlik puli uchun 24yilda 1,5trln. ko'zda tutilyabdi. 1 trln. Respublika byudjetidan, 500 mlrd esa byudjet tashkilotlarining iqtisod mablag'laridan qoplanadi. Shunda, jami moliyalashtirish 1,6trln. tashkil etyabdi.
@Aslanov_K@fraximov26@the_bakiroo Qo'shilaman. Xuddi suyunchi pulini berishdagi kabi avtomatlishtirish yoki shunga yaqinroq qilish kerak. Moliya vazirligi rahbariyatiga aytdim. Mutaxasislar bilan muhokama qilib, tizimni soddalashtirishni o'ylashga kelishdik. O'zim ham masalani ichiga kirishga harakat qilaman.
@the_bakiroo Menimcha bu yerda nega pul o'zlashtirish kamligini o'rganish k-k. Taxminimcha, xus.sektorda ishlaydigan ayollarning katta qismi mehnat shartnomasiz ishlaydi. Keyin byurokratiya. Pulni olish uchun korxona buxgalteri topshirishi k-k bo'lgan hujjatlar bor, erinib shuni qilmasa k-k
@the_bakiroo Otabekaka ayni savolni men ham ko'tardim. Moliyachilar buni o'zlashtirish bilan bog'lashdi. Ya'ni joriy yil ajratilgan 300mlrd dan atiga 50mlrd. ga yaqin pul o'zlashtirilishi kutilmoqda. Shundan kelib chiqib, prognozni 100ga tushirishgan.
Remembering the first woman to be awarded a Nobel Prize, the first individual to be awarded two Nobel Prizes and still today the only individual with two Nobel Prizes in two different scientific categories: Marie Skłodowska Curie.
Curie was born #OnThisDay in 1867.
Garchi saylovda aralash tizimning afzalliklarini ma'qullasamda, lekin majoritar tizimda mustaqil nomzodlar ishtirokiga ruxsat berish, bo'sh deputatlik o'rinlarga saylov o'tkazish muddatlariga aniqlik kiritishga oid takliflarim loyihada aks etmagani uchun unga qarshi ovoz berdim.
- Majoritar tizimda boshqa nomzodlardan ko'proq ovoz olgan nomzod saylanadi (amalda 50%+1);
- Proportsional tizimda saylovda qatnashgan saylovchilarning kamida 7% ovozini olgan partiya parlamentga kiradi;
- Partiya ro'yxatida har 5ta nomzodning 2tasi ayollar bo'lishi belgilandi.
Qonunchilik palatasi tomonidan saylov kodeksiga o'zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.
Qonunga ko'ra:
- QP deputatlari saylovi aralash tizim ya'ni 50% majoritar (shaxsga ovoz berish) va 50% proportsional (partiyaga ovoz berish) asosida o'tkaziladi; 1/3
- Mahalliy kengash deputatlari soni hudud aholisi sonidan kelib chiqib belgilanadi (amalda viloyat kengashida 60, tuman kengashida 30ta deputat);
- Partiyalardan ko'rsatailadigan umumiy nomzodlarning kamida 40% ayollar bo'ladi; 2/3