@X_Hamidov qatnashgan podkastlarni ko’rganda xuddi havolalarga to’la wikipedia yoki biror ilmiy maqola o’qigandek bo’laman. Har bir fikr chuqur va mustahkam manbaaga asoslanadi va qiziq misollar bilan dalillantiriladi. Samimiylik, adekvatlik va kamtarlik fikrlarni yanada bezaydi.
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar. Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xor-u xas, xazonlar ustin yopdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak deb bilar butun dunyoni.