#taklifnoma
Raxshona opaning ijodini bir necha yildan beri kuzatib kelaman. Realizm va hissiyotga boy asarlari, tarjimalari bilan kitobxonlar e'tiboriga tushgan.
8-iyul kuni taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra:
– bugungi kunda 601 nashriyot faoliyat yuritadi, shundan 538 tasi xususiy;
– yillik kitob nashri hajmi 11 000 nom, 40 million nusxaga yetibdi;
– sohaga $25 million miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya jalb qilinibdi.
Yog‘du nashriyoti rahbariyat tuzilmasida yana yangilikka qo‘l urdik. Direktorlik vakolatlarimni qadrdon shogirdlarimdan biri Maxfiratbegim Azizova @raindiver_m ga topshirdim. Bundan keyin Maxfiratbegim nashriyot faoliyatida ham direktor, ham ta'sischi sifatida faoliyat yuritadi.
#tarjima_huquqi
Yog‘du nashriyotida navbatdagi yangilikka qo‘l urdik. Amerikalik adiba Syuzan Kollinz qalamiga mansub "The Hunger Games" roman-epopeyasining o‘zbek tiliga tarjima huquqini oldik.
@vazmin_ Shu mavzuda kichik maqola chiqarmoqchimiz. Qolaversa, har xil platformalarda kitob va uning mohiyati haqida ko‘p ma'lumotlar yetarlicha bor chet tillarida.
Ishonamanki, qadrdonim @irresponsible_w Muhammadsaidning jamoamiz safiga qo‘shilishi Yog‘du nashriyotining keyingi faoliyatida ijobiy tomonga tub burilish bo‘ladi. Nashriyot faoliyatida shu kunlarda anchagina yangiliklar bo‘lib turibdi. Nasib, hammasi haqida batafsil yozaman.
#muhim
Shuni ma'lum qilmoqchimanki, Yog‘du nashriyotida ta'sischi soni ko‘paydi. Bundan keyin Tahrirchi va Tilmoch loyihalari (@tahrirchi_uz) ta'sischisi Muhammadsaid Mamasaidov nashriyot faoliyatida ta'sischi sifatida faoliyat olib boradi.
#tarjima_huquqi
Yog‘du nashriyoti navbatdagi kitobning o‘zbek tiliga tarjima huquqini qo‘lga kiritdi. Demak, ushbu asar ham tez fursatda o‘zbek tilida dunyo yuzini ko‘rish arafasida.