Uch avlod uchrashuvi
Mahallamiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar va mehnat faxriylari yoshlar bilan suhbat qurib, mustaqillik berayotgan imkoniyatlar haqida o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
#piskent_tuman_akm#mustaqillik_toyi_35#kitob#kitobxon
BEKOBOD MAHALLASIDA MUSTAQILLIK FESTIVALI: 35 YILLIK BAYRAMGA MUNOSIB TUHFA
Jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik to‘yi munosabati bilan Piskent tumanining chekka va obod go‘shalaridan biri — “Bekobod” MFYda “Mustaqillik festivali” yuqori saviyada tashkil etildi.
3-iyul kuni Piskent tuman AKM hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy hudud 50-son manzil-koloniyasi hamkorligida mahkumlar ishtirokida "Kitob – qalbni yorituvchi ma’naviyat chirog‘i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-yil 2-iyul kuni Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 12-son Maktabgacha ta'lim tashkilotida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan kun munosabati bilan "Gerbda aks etgan Vatan" nomli ma'naviy-ma'rifiy mavzuli kecha tashkil etildi.
2026-yil 2-iyul kuni "Har payshanba – Yoshlar kuni munosabati" bilan Piskent tumani Axborot-kutubxona markazida "Inson hayotida kitobning o‘rni" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📚 Ba’zan “ko‘p o‘qish” sahifa soni bilan emas, kitobga qayta-qayta qaytish bilan o‘lchanadi.
✨ Kimdir 2 haftada 4–5 ta kitob tugatadi.
✨ Kimdir 2 oyda 1 ta kitobni zo‘rg‘a yakunlaydi.
🖇 Muhimi — kitobni tugatish tezligi emas, undan keyin ichingizda nimadir o‘zgarishidir.
Qizning taqdiridan qiziq narsa yo’q 💕
✍️ Sabixa Usmon
📖Ojiza
👰 “Ojiza” kitobida ayollar misolida taqdir sinovlari, ota-ona qadri kabi mavzular yoritilgan. Kitobni oʻqiganingiz sari sabr qilishni, shukr etishni oʻrganasiz.
🌷 Bir hafta “Motam qatrasi” bilan.
✍️ Iskandar Pala
📚 “Motam qatrasi”
shunaqa asarlardan: uni yopganingizdan keyin ham lola, qotillik, muhabbat va saroy sirlarining soyasi xayolingizdan ketmaydi.
✍️O'lmas Umarbekov:
📖"Odam bo'lish qiyin"
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman.
✍️ Brigitta Hamann
📖 Elizabeta yohud taxtdan voz kechgan qirolicha haqida esse
Avstriya imperatori va Vengriya qirolichasi bo’lgan Elizabeta o’z davrining o’qimishli, bilimdon ayollaridan bo’lgan.
📚 Kitoblar olamiga sayohat – bilim va tafakkur sari yo‘l
Joriy yilning 23-iyun kuni Piskent tumani AKM xodimlari tomonidan tumandagi 19-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
2026-yil 19-iyun kuni Piskent tumani axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan 36-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob bilan yoz — ilm va zavq” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
📚✨ Kitob – bilim va zavq manbai! ✨📚
Joriy yilning 19-iyun kuni Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 7-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi sog‘lomlashtirish oromgohida “Kitob bilan yoz – ilm va zavq” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚🤝 Rahbar va yoshlar uchrashuvi
2026-yil 18-iyun kuni “Har payshanba — rahbar va yoshlar uchrashuvi” munosabati bilan Piskent tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari Z. Normatova bir guruh yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi.
#piskent_tuman_akm#yoshlar_bilan_uchrashuv
📚 18-iyun kuni Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bolalar — kelajak umidi” shiori ostida 1-maktab o‘quvchilari ishtirokida qiziqarli bellashuv tashkil etildi.
#piskent_tuman_akm#oromgoh#bellashuv
17-iyun kuni Piskent tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Mitan MFY hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kitobsevar onalar jamiyat taraqqiyoti va farzandlar tarbiyasida mutolaaning o‘rni haqida fikr almashdilar.
17-iyun kuni Piskent tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 4-sonli umumta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan sog‘lomlashtirish oromgohida "Baxtli bolalik — baxtli kelajak" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✍️ Adham Sharqoviy
📖 Faqat erkaklar uchun
« Ushbu asar erkaklarga bag‘ishlangan asar bo‘lib, u haqiqiy mardlik, masʼuliyat, oiladagi o‘rin va erkaklik qadriyati haqida so‘z yuritadi.
Joriy yilning 11-iyun kuni Piskent tumani IIBBga qarashli 50-sonli jazoni ijro etish manzilli koloniyasi hamda Piskent tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida har payshanba Yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
#piskent_tuman_akm