‘Odam bolasi birovga hech qachon bekorga yaxshilik qilmaydi. Shu yaxshilik tagida, albatta, bir xiyonat, yovuzlik yashaydi... Kimdir senga yaxshilik qildimi, albatta, dilida bir kir niyati bo’ladi. Shuning uchun undan foydalandingmi, o'sha zahoti uni yo’q qil.’
S. Ahmad
Taqdir degan so'zni odamlar o'zini yupatish uchun o'ylab topgan bo'lsa kerak. Boshimizga og'ir tashvish tushsa uning oqibatini ko'ramiz-u, sababini surishtirib o’tirmaymiz. Qismatdan nolib qo’ya qolamiz.
Man bu haqida bilmasdim. Qilgan yaxshiliklarim holis edi. Agar yaxshilik qilganlarim buni bilishsa, har ehtimolga qarshi ularning ismlarini yozib qoldiraman!..