Do'stlaring bo'lishini xohlasang, biliming va pulingni yashirish kerak bo'ladi. Chunki samimiy suhbatlar faqat tenglarning orasida bo'la oladi.
Nasim Taleb
O‘zgalarga xizmat aylab, o‘zga yurt qilsang havas,
Jon fido qilganda ham o‘zga yurt o‘g‘lim demas.
Millatu yurting omondir, senga bordir eʼtibor.
Shu vatan qadriga yetgin, o‘zga yurt o‘g‘lim demas.
Har kima har xel yozar Arsh sultoni sana,
Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,
Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana,
Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana
Chin shoirlar bari otilgan.
Qolganlari esa sotilgan.
Mard so'zim shu, hammasi qo'rqoq!!!
O'zim kimman? So'rama biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor.
Zamon nozik bola-chaqam bor.
Ey xo‘ja, charo az in jahon bexabari,
Ro‘zonu shabon dar talabi simu zari.
Sarmoyai tu az in jahon yak gaz kafan ast,
On ham ba gumon ast, ki bari yo nabari!
So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,
O’z zamonin rost etar qavmi mardlar asli kim,
Bu zamon tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,
Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim