Univerdan chiqyapman. Yonimdan sevishganlar o‘tib ketyapti.
Qiz yigitga:
-"Menga qayerga boramiz?" degan gapni aytma. Mana shu yerga boramiz, o‘shaqqa pulim yetadi, de, bo‘ldi. Boraman.
Metroda ketyapman. Yonimda bir yigit va qiz turibdi. Yigitni qovogʻi soliq, hayotdan xafa. Qiz gapirib-gapirib, hazil qilib, yigitni jilmaytirdi. Oxiri ikkalasi kulishib vagondan tushib ketti. Sevgi shu.