@nicolachessla Man oqlamoqchimasman. Lekin mana bunaqa sizga o’xshagan na stressni na psixologiyani na posle rodovaya depressiyani, na gormonlarni tushunadigan divanniy expertlaram ko’payib ketti faqat o’tirvolib so’kinadigan. Bu gaplarim oxirgi 2 ta gapizga javob. Toje mne experti!
@Islom_Farzandi 40ta kitob sovg'a qilib 20tasi meni nazdimda o'qishga arzigulik bo'lmasa yaxshi sovg'amas u.
Sovg'a yoki nima yoqishini bilib berilishi yoki bir marttalik ko'ngil ko'taradigan qimmat bo'lmagan narsa bo'lishi kerakda.
Yoki pul. XD
@Islom_Farzandi 40ta kitob sovg'a qilib 20tasi meni nazdimda o'qishga arzigulik bo'lmasa yaxshi sovg'amas u.
Sovg'a yoki nima yoqishini bilib berilishi yoki bir marttalik ko'ngil ko'taradigan qimmat bo'lmagan narsa bo'lishi kerakda.
Yoki pul. XD
@mamasadikovna Toyyibat,toyyibun, xabitat, xabitin, erkak ayol, erkak ayol manosida kelmaydiyu. Erkak va ayol bo'lishi uchun ar-rijal va an-nisa bo'lishi kerak.
Bu so'zlar mujski va jenski rodlarda tuslangani uchun erkak va ayol deb tarjima qilib ketishgan.
@Sevara85 Bizga olimlar nima kere? Ana xitoyda to'la olim, g'arb va yevropada to'la olim. O'sha olimlarni o'zi bizga ham tatiydi. Bizga vaynerlar va sportchilar kerak, deb o'ylasa kerakda bizni hukumat.
Ilm odamlariga pul ajratmaydiyu budjetdan.
@niginakhon_ 1-2 oy avval ko'zim tushib qolodi, qirg'izlar yoki qozoqlar o'zimizni "temir xotin" kinosini 1-1 ko'chirib ishlab chiqqandi. O'shanda teskari fikr kelodi menga))
Qizla bu menga hudo bergan erim bn Antalya asal oyida yurganim 😌 shunday ekan orzulardanmas, uni amalga oshirolmaydiganlardan vos kechish hech ikkilanmasdan!
Mustaqillik qaharamonlari turkumidan 3- maqola:
BOYMIRZA HAYIT
SSSRni zirqiratgan oʻzbek
Biz bobolari, oʻtmishdoshlari bilan juda ham faxrlanadigan xalqmiz. Lekin ba'zan rejimgagina yoqqanlarni qoʻshilib maqtaymiz, yoqmaganlarini eslamaymiz. Xuddi Sovetlar Ittifoqini uzoq yillar davomida zir-zir titratgan Boymirza Hayitni yodga olmaganimiz kabi.
Boymirza Hayit Turkiston tarixining 20-asrdagi chinorlaridan biridir. Yana ham aniqroq aytsak, ulkan chinori. Chunki Turkistonning 20-asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritishda unga teng keladigan boshqa olim yoʻq. Oʻsha davrda yoʻq edi va haliga qadar yoʻq.
Oqni oq, qorani qora degani uchun uni “Vatan xoini” deb atadilar. Bu ibora unga nisbatan oʻz mazmunini yoʻqotdi va vatansevar anglamiga keldi. Chunki oʻsha kezda vatanini Boymirza Hayit kabi kuchli sevadigan boshqa odam boʻlmagani va “Vatan xoini” kalimasi doim unga qarata aytib turilgani uchun ham bu ibora oʻz mazmumini oʻzgartirdi.
Bungacha Sovet rahbariyati uni yomonotliq qilamiz, yiqitamiz deb koʻp urinishdi.
Sharof Rashidovni bilasiz. Bilmasangiz ham eshitgansiz. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, uzoq yillar Oʻzbekiston kommunistlarining sardori boʻlgan. Shu odam Boymirza Hayitga qarshi maqola yozgan desam ishonmasligingiz mumkin.
Sharof Rashidovning 1958 yil, 27 sentyabrida Moskvada chiqadigan “Literaturnaya gazeta”da “Tuhmatchiga” degan maqolasi chop etilgan. Keyingi kuni bu maqola barcha oʻzbek nashrlarida koʻchirib chop etilgan. Ayni kunda shu maqola boshqa respubliklardagi gazetalarda ham chiqqan. Mazkur “asari”da Rashidov Boymirza Hayitning Shvesariyadagi “Bazler naxrixten” deb nomlangan gazetadagi “ Moskva Sharqning ma'naviy hayotiga suqulib kirmoqda” deb nomlangan maqolasini qattiq tanqid ostiga olgan.
Aslida Rashidov yozgan bu maqolani tanqid deb boʻlmaydi. Bir soʻz bilan haqoratnoma deyish mumkin. Unda Boymirza Hayit “firibgar”, “unter-yolgʻonchi” kabi ogʻir kalimalar bilan qoralangan. Bu maqolani Rashidov oʻzicha yozarmidi va butun mamlakat boʻylab ixtiyoriy ravishda koʻchirib bosisharmidi? Bu ish faqat va faqat Kremlning buyrugʻi bilan boʻlishi mumkin. Kremlning ham kichkina odami emas, “kottakon”larining buyrugʻi bilan. Boymirza Hayitning maqolasi haqiqatdan iborat boʻlgani va Moskvaning fikrida yotgan rejalarini ochib tashlagani uchun ham Kremlning yuragini zirqiratgan.
Oʻzbekiston kommunistlarining yoʻlboshchisi Sharof Rashidov oʻsha “mashhur” maqolasida jumladan shunday deb yozadi:
“Butun dunyodagi million-million kishilarga shu narsa ayonki, B. Hayit “mustamlaka Turkistoni” degan umumiy nom ostida atagan bizning Oʻrta Osiyo respublikalarimiz xalqlari chinakam teng huquqli boʻlib olganlaridan keyin, Sovet hokimiyatining qirq yili mobaynida oʻz xoʻjalik taraqqiyotining shu qadar yuqori bosqichiga koʻtarildilarki, oʻz milliy madaniyat va san'atlarini shu qadar barq urdirdilarki bunga kapitalistik mamlakatlar havas qilsalar boʻladi.” (“Qizil Oʻzbekiston”, 30 sentyabr, 1958 yil).
Rashidov oʻz maqolasining davomida Boymirza Hayitni “igʻvogar”, yozganlari “fisqu fujurdan iborat”, “misi chiqqan safsata”, “be'manigarchilik” der ekan “Igʻvogarning yugurgani somonxonagacha…” deb xulosa qiladi.
Bugunga kelib koʻrib turibmizki, Boymirza Hayitni qoralagan sovet ideologiyasining oʻzi somonxonadan joy topdi.
Sharof Rashidovning Boymirza Hayit haqida ana shunday ruhdagi bir nechta maqolasi bor. Demak, Boymirza Hayit shoʻrolarni shu qadar larzaga solganki, unga qarshi katta bir respublikaning rahbarini, KPSS Markaziy Komiteti ustunlaridan birini ishga solishgan.
Afsuslar boʻlsinki, Oʻzbekiston mustaqil davlatga aylangach ham bu haqiqatni koʻra olmadi. Hanuz Rashidov ulugʻlanmoqda, Boymirza Hayit unuttirilmoqda.
Boymirza Hayitga qarshi nafaqat Oʻzbekiston miqyosida, balki butun Sovet ittifoqi boʻylab kurash olib borilgandi. Masalan, Tojikistonning ramzi hisoblangan Mirzo Tursunzoda nomidan 1959 yilning 11 iyunida “Literaturnaya gazeta”da chop etilib, keyin barcha mahalliy nashrlarda tarjimasi e'lon qilingan “Tuhmatning umri qisqa” sarlavhali maqola bunga misol boʻla oladi.
Bu “asari”da Mirzo Tursunzoda, jumladan, shunday deb yozadi׃
“Hayit oʻzining maqolanamo uydirmalarida Turkiston “Sovet mustamlakasi” degan ma'noni isbotlash uchun oʻzini yuz yoqqa uradi. U “Turkiston” degan eski iborani bekorga roʻkach qilayotgani yoʻq. Turkiston turklar yurti deganidir. Mana shunga asoslanib bu nodon “turkiston millati” degan allaqanday afsonaviy millatni yuzaga keltirib chiqarmoqda…Hayit shallaqilik bilan “Turkiston fojiasi”ni tasvirlaydi, 1924 yilda ruslar Turkistonni besh qisimga boʻlgan emishlar… Hayitlar naqadar quturib soʻlak oqizmasinlar, Sovet Oʻrta Osiyosi Osiyo xalqlariga soʻnmas mash'al boʻlib nura socha beradi”. (“Qizil Oʻzbekiston”, 14 iyun, 1959).
Qarang, Rashidov kabi Mirzo Tursunzodaning ham “tili oʻtkir”.
Shu ruhdagi “oʻtkir” maqolalar Turkmaniston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda ham uzluksiz chiqib turgan.
Masalan, “Kommunist Turkmenistana” jurnalining 1959 yil 5-sonida Boymirza Hayitning “Turkiston 20-asrda” deb nomlangan kitobchasi hujum ostiga olinadi va adib “krokadil koʻz yoshlari” toʻkib kommunizmning porloq yoʻliga gʻov boʻlishga tirishadi, deb tanqid qilinadi.
“Kommunist Turkmenistana” ayni sonida A. Ilyosov, K.Novoselov imzosi bilan “Burjua millatchisi Boymirza Hayit haqiqatni bekita olmaydi” degan maqolaga ham oʻrin ajratgan.
“Partiynaya jizn Kazaxstana” jurnalining 1959 yil 3-sonida N. Sagindikov, A. Shamanov imzolari bilan “Haqiqat yolgʻondan kuchli” degan maqola bosilgan. Unda ham ayni uslubda haqorat bilan toʻlib toshgan gaplar, Sovetlarni ulugʻlash va Boymirza Hayitni kamsitishdan nariga oʻtilmagan. Boymirza Hayitning iddaolariga qarshi aniq faktlar qoʻya olmagan kommunizmning noʻnoq ijodkorlari uning shaxsini haqoratlash va kamsitishdan nariga oʻtolmaganlar.
Kimlar yozmagan u kishiga qarshi. Jumhuriyatlarning birinchi rahbarlaridan tortib mana man degan yozuvchilariga qadar. Oʻzimizning yozuvchimiz Oybekdan tortib, vazir Said Shermuhamedovga, sovetshunos Laziz Qayumovdan boshlab yozuvchi Mirmuhsingacha oʻzbekning minglab taniqli shaxslari Boymirza Hayitni “vatan xoini” deb yozdilar. Uning mustaqillik gʻoyasi chirigan gʻoya ekanligini va aqlga sigʻdirib boʻlmas gapligini bot-bot urgʻuladilar.
Ha, SSSR degan imperiyaning ideologiya mashinasi u kishiga qarshi tinmay ishlab turgan. Sovet matbuotida Boymirza Hayitga qarshi ikki mingdan ziyod maqola chiqqan va bari tuhmatu haqoratdan iborat. Birortasida u kishining ozodlik borasidagi fikrlariga qarshi joʻyali fikr bilan javob berisholmagan.
Chunki ustoz Boymirza Hayit oʻz fikrlarida ming chandon haq boʻlgan
U yoʻqoladi degan mustamlaka yoʻqoldi.
U yiqiladi degan SSSR yiqilib ketdi.
U ozod boʻladi degan Turkiston xalqlari rus istibdodidan qutuldilar.
U mustaqillikni chirmab olgan zolim rejimlar istibdodi barham topadi, degan edi, bu ham amalga oshmoqda.
Bu fikrlar haqoratga, kamsitishga emas, hurmat qilishga, qoyil qolishga loyiqdir.
Oʻzbekiston qahramoni degan unvon beriladigan boʻlsa, xalqlar qamoqxonasi hisoblangan SSSRni zir titratgan Boymirza Hayitga berilishi kerak!
Lekin mana shunday imperiyani qaltiratgan farzandi borligini ozod Oʻzbekistonda oʻzbekning oʻzi hali tushunib yetgani yoʻq.
Jahongir Muhammad,
2014.
Share this:
Turmush nafaqat ayollarni balki erkaklarni ham orqaga tortadi. Chunki endi senga shaxsan o'zing uchun tushadigan mas'uliyatdan boshqa masuliyat ham qo'shiladi, yelkanga yuk tushadi , ayolda ham erkakda ham. Endi o'zing uchun ko'p vaqtingam mablag'ingam qolmaydi.
@Ilxomovna99 Турмуш қизларни орқага тортади. Неча йил яшаб ажрашмоқчи бўлганда, мол мулкни ҳаммасини эр топган бўлиб чиқади. Агар қиз турмушга чиқмай яшаганда шу мол-мулкни ўзиям топарди. Кўпроғам топиши мумкин эди, шуни ҳеч ким ҳисобга олмайди.
@Yoqutxon1 Ayol va erkakka bir xil standard qo'yilishi o'zi absurd. Bu masalada double standard degan salbiy fikrni aytmay qo'yoring. Aslida ham double standard bo'lishi kerak.
@mamasadikovna Noto'g'ri sharhlangan bu oyat.
Oyatni o'qisangiz ayol va erkak haqida gapirilmaydi, ayol va erkak so'zini o'zi yo'q. Poklar nopokka uchragan holatlar minglab bor islom tarixida. Allohni vadasi bo'lganda istisnolar umuman bo'lmasdi.
Moshinani urvoldim orqasini. Uyni oldida parkovkadan chiqayotib Jentraga tegdi, unga hech nima qilmadi ammo bizniki orqasi lat yedi.
Baxtimga egasi hech nima emas havotir olmang dedi. Bossga telefon qilib aytgandim, gap eshitaman deb tayyorlanib. O’zingga hech nima qilmadimi, almashtiramiz dedi. Qaydadir xato qildim shekilli)