Avvalgi, 16 yillik akkauntim bir oydan ortiq deaktiv turgani uchun avtomatik o’chib ketibdi. Yangi ochishimga to’g’ri keldi. Tanishlarga yetkazib qo’ysanglar minnatdor bo’laman.
Bu safar — “Behalovat avlod”.
Kitobdagi og‘ir kayfiyat, ichki ziddiyat va bezovta atmosferani vizual tomondan kuchliroq berishga harakat qildik.
Sifat, detal va umumiy ko‘rinishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda 12 yoshlar atrofida bir bola oldimga keldi. Qo'lida "Behalovat avlod".
- Shuni onamga o'qitmoqchiman, qanday o'qitay?
-O'qib ber.
-Eshitmaydilar.
-Qiziq qilib gapirib ber.
-Harakat qilaman.
Rollar almashib qolgan ekan...
Ba'zida bolalar savoliga javob berolmayman.
Kitob tadbirida TVga qisqacha intervyu bergandim. Muammo qilishmasin deb, soqolni 1.5 mm nasadka bilan olib tashlagandim. Yuzingiz tuxumdek archilgan bo'lmasa, TVga qo'ymasliklariga ikkinchi bora shaxsan amin bo'ldim. O'rtoqlar, soqolga qarshi ekstremizm bu)
Shu kitoblarning beshta nashri chiqqan edi, kuzda to'ldirilgan, yangilangan oltinchisi chiqar ekan. Shu oxirgisini tarjima qilmoqchimiz, litsenziya olindi. Original bilan oldinma-ketin chiqadi. Mantiq va dalillash bo'yicha muxtasar, ammo sifatli yozilgan qo'llanma.
@bookclubuz Ko'pchilik anarxizmni axloqiy nigilizm bilan adashtiradi. Lev Tolstoydek moralistlar bor anarxistlar orasida. Dinsizlikni esa avtomatik tarzda nigilizm bilan tenglashtirishadi. Odamlar uzuq-yuluq postlar orqali ta'lim olayotgan paytda, ulardan izchil va adekvat fikrni kutmaylik.
Deyarli hamma geopolitik tahlillarda bitta umumiy nuqson bor: yetarli bo'lmagan asoslardan xulosa chiqarishga majbur. Bu ularni eng bo'sh tahlilga aylantiradi. Ammo baribir qiziq mavzular, odam katta narsalar haqida gapirganda o'zini kattaroq his qilsa kerak-da.
Ҳарбийлар сиёсатда бўлмаслиги керак деб ўйлайман; бу мамлакатни беихтиёр полиция давлатига айлантириб қўяди. Бизнес зеҳниятлилар ҳам сиёсатда бўлмагани маъқул экан. Ҳар бир соҳанинг ўз касб касали бор, қаерга борса, шу касали билан боради.
@atToshkondiy Necha ming yil avval "Og'irlama" degan gap aytilgan. Eskirganmi bu? Har bir alohida holatga individual yondashgan ma'qul. Vaqt har bir narsa uchun bir xil tezlikda o'tmaydi. )
1000Kitob bilan ishlagan nashriyotlardan biri - Kosmos nashriyoti bitta kitob uchun mualliflik huquqini olib, kitobni sotuvga chiqardi. Aqalli bitta kitob nihoyat o‘quvchi qo‘liga sifatli bosmada yetib borayotganidan xursandman. Boshqalari ham shunday chiqishiga umid qilaman.
@atToshkondiy Agar u xabar haqida bo'lsa, ha eskiradi (jurnalistikada, tarixda emas). Agar nazariya haqida bo'lsa, faktlar bilan inkor qilinib yaxshirog'i chiqqunga qadar eskirmaydi. Agar fakt bo'lsa eskirmaydi. Matematik isbot ham. "Mamlakatlar" qaysi ma'noda eskirgan ekan?
Bolalarning ekran oldida o‘tkazayotgan vaqti ortib borayotgan bir paytda, davlat, maktab va ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak? So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab katta muhokamalarga sabab bo‘lgan va o‘zbek tiliga @FarengeytPress nashriyoti tomonidan tarjima qilingan “#BehalovatAvlod” asari muharriri, faylasuf @Yoldoshev, pedagog, Toshkentdagi “Lider” maktabi asoschisi Feruza Vahobova hamda Profi School maktabi direktori Xurshid To‘xtanazarov ushbu masalani turli nuqtayi nazarlardan tahlil qilishadi ⬇️
Tarmoqda bir marta ig'vo, tuhmatga nishon bo'lsangiz, har qanday ommaviy sazoiy qilishlarga shubha bilan qaraydigan bo'lib qolasiz. Bunda aksar odamlar aqlining xulosasini emas, kayfiyatini yozadi zotan. Muhim savol: O'ylab yozyapmanmi yo kayfiyatimni ifodalayapmanmi?
Istalgan video, surat, audio chiqsa, avvalo u AIda qilinmaganini aniqlash kerak. Agar soxta bo'lmasa, uning kontekstini aniqlash lozim. Kimnidir yomon ko'rishimiz u haqdagi salbiy ma'lumotni tekshirmay qabul qilishimizga sabab bo'lmasligi kerak.