Tasodifga ishonganlar ishonaversin, biroq mening e'tiqodimga koʻra, dunyoda hatto chang zarrasi ham tosodif bilan qoʻzgʻalmaydi. Ishonchim komilki, Alloh bor - tasodif yoʻq...
📓Qahva
Inson hayot mazmunini haddan tashqari qidirsa, yashashning o‘zini unutib qo‘yishi mumkin …))
Qisqacha aytganda: Yashash uchun ma’no qidirish shart emas, yashashning o‘zi — ma’no emasmi ?
Tasavvur qiling, zamonaviy asarlar yozilsa qanday nomlanardi:
• "Lichkalarda qolgan hislarim";
• "Internetga kirmagan kim bor?";
• "Spamlar gapirmaydilar";
• "Kommentariyadagi bitiklar";
• "Internetda kechgan umrlar";
• "Zaryad azobi".
Fikringiz muhim .🙈
“Kech bo‘lsa ham, kech emas” deyishadi…
Navro‘z bizning universitetda odatdagidan biroz kech nishonlandi. Ammo shuni angladimki, bayramning qadri vaqtida emas, undagi kayfiyat va samimiyatda ekan.
kechikkan quvonch ham baribir quvonch,
kechikkan bahor ham baribir bahor 🌱