@YKhan5004@activist_uz Hojiakbarni kuzataman. U ham bir hil postlarda misolni AQSh deb ko’rsatadi. Ammo, bu borada sizning postingizga javob negadir ko’rinmadi. Hojiakbarga oz-mos hurmat bor, lekin radikallashmoqda aynan ushbu mavzuda. Biladi-da, unga nisbatan faqat yaxshi fiklar va qo’llab bo’ladi
5 kunda) Shahar jamoat transportlaridan aniqlangan, mening nazarimdagi muammolar:
1.Metrodagi vaqt noto‘g‘ri ishlaydi. “Teskari” ko‘rsatadi. Kelish emas, ketgan vaqtini. Sabablardan biri: Qat’iy “расписания” yo‘q.
2.Avtobusda imkoniyati cheklanganlar va onalar uchun pandus ko‘pincha tushirilmaydi, bu haydovchining vazifasi.
3.Metrodagi hojatxonalar hali ham ishlamaydi, 2 tasida oylar davomida “tez kunda” degan yozuv bor.
4.Ayrim metro xodimlarining muomalasi: tushuntirish o‘rniga qo‘pol javob berishi, asosan endi metrodan foydalanyapgan insonlarga. “Buni mamnaqamas, bunaqa uradi!”
5.Kechqurunlari metroda interval juda katta, yarim soatlab kutishga majbur insonlar.
6.Metroda o‘z joniga qasd qilish uchun ideal sharoitlar saqlanib qolgan.
7.Metroda tartibli kirish-chiqish uchun chiziqlar chizilmagan (2 yashil chiziq kirish, 1 qizil chiziq chiqish uchun). Yechim uchun to‘siq esa: poyezd bir joyda to‘xtamasligi. Yani: “Automat stop” lar yo‘q
8.7-muammoga yana bir yechim – metro eshiklari juda tez ochilib-yopiladi (10 sek tahminan), kamida 20-25 sek. qilish kerak. Odamlar bir-birini itarib, shoshilishiga sabab ham shu. Xullas, tartibsiz harakat.
9.Eski avtobuslarda konditsioner ishlamaydi yoki umuman yo‘q.
10.Avtobuslarda issiqda odamlar sasishi kuchaygan, ayniqsa 9-muammo sabab.
11.Avtobusda chipta uchun ko‘pchilik to‘lamasligi.
12.Avtobuslarda velosipedchilar uchun sharoit yo‘q.
13.Onalar va imkoniyati cheklanganlar uchun metroga tushish oldidagi zina yonidagi “спуск”lar standartlarga javob bermaydi, sababi juda qiya tushib ketish yoki “разгон” olish juda oson.
14.Metrodagi imkoniyati cheklanganlar uchun bo‘lgan yangi chet el uskunalari haliyam ishlamayapti. Sababni hech kim bilmaydi, “Xoja ko‘rsinga” hozircha.
Ushbu muammolar mening dunyoqarashim va chet elda ko‘p jamoat transportidan foydalanganim asosida shakllangan.
Agar sizda ham fikr va takliflaringiz bo‘lsa, kutib qolaman.
Video materiallar uchun ayni muddao bo‘lar edi. Rahmat!