Ko‘pchilik ichki qatnovda poyezdni romantizatsiya qiladi, lekin aslida real hayotda O‘zbekistondagi eng noqulay varianti bu deb hisoblayman.
Sekin yuradi, shovqinli, eskirgan, juda tor va noqulay. Qulaylik uchun emas, faqat "manzilingga yetsang bo'ldida" deb yasalgandek.
@_sumayyaaa Men ham juda ko'p marotaba har xil transportda Xorazm-Toshkent borib kelganman.
Meni vaziyatimda katta bagajli yuk bilan va oilaviy poyezdga chiqish, ayniqsa yozda, eng yomon tanlov bo'ldi.
Bugun yana Toshkent-Urganch yo'nalishi bo'yicha oilaviy birga poyezdga chiqdik, poyezdga yana bir imkon bergan edik. Endi esa afsusdaman:
Yosh bolalilar uchun sharoit umuman yo'q, bir qo'lim bandaj bog'langan bo'lsa-da, yuklarimni ko'tarishda provodnik umuman yordam bermadi.