Juda e'tibortalab odamman. Har qanaqa e'tiborsizlikdan negativ qidiraman. Shu uchun ajratolmayman, bu odam shunchaki bilmay qoldimi yoki atay qildimi? Bugun kunim faqat shu savolni berish bilan o‘tyapti
Konsertga 2 ta biletim bo‘lsa, 2-sini berishga odam topolmaydigan darajada yolg‘iz ekanman. Lekin kecha Konstaning konserti zo‘r bo‘ldi, hali ham o‘sha mooddaman.
Uyda dadamning 3 ta to‘nlari bor, lekin 5 daqiqaga dadamning yupun kiyinganlarini ko‘rgan bobom o'zlarining to‘nlarini olib kelib berdilar.
Yoshing 50 da bo‘lsa ham, otang uchun 5 yashar go‘dakdan farqing yo‘q...
Erkak muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun qanday ayol tanlashi kerak?
Unga, uning ishlariga xayron qoladigan ayolni, deb o‘qigandim qayerdadir.
Bugun buning isbotini ko‘rdim.
3 oy oldin dadamning bobolari 100 yoshdan oshib vafot qildilar. Butun bolaligim shu odam bilan kechgan, lekin oxirgi 7 yilda juda kam uchrashdik. Vafot qilgan kunlari uncha ta'sir qilmagandi, lekin hozir juda qattiq sog‘inyapman.
Man uchun eng muhim odam, bu - ayam. Va ayamning "Hayotimdagi eng qattiq suyanadigan odamimsan" deyishlari har doim kuch beradi. Man uchun bundan ta'sirliroq motivatsiya yo‘q...