1989-yil. O'zbek tili uchun qo‘zg‘alon.
Oldinlari o‘z tili uchun kurashgan bo‘lsa, hozir esa ba’zi "o‘zbeklar" ruslashib, o‘z tilini talab qilgan boshqa o‘zbeklarni millatchi yoki savodsizga chiqaryapti.
"90 foizli turkiy tildagilar 10 foizliga to’be bo‘lib o‘tirishi kerakmi?"
Alifbo islohoti bilan shugʻullanadiganlar buning sababini biladi. Aynan shunday oʻzgartirish toʻgʻrimi? Yoʻq degan boʻlardim. Chunki singarmonizm yoʻq. Bu kelajakda yana oʻzgarishini anglatadi. Lekin buni oddiy xalq tushunishi shart emas. Muhimi, amalda qulay va toʻgʻri boʻlsin.
Qabul qilish qiyin, tushunaman. Vaqti kelib "oʻzbek" deb atayotganingiz aslida bir hukmdorning ismi ekanini tushunib yetarsiz. "Turk" bu etnos, bugungi "oʻzbek" esa tarixan bir hukmdor nomidan shakllangan "Temuriy", "Boburiy"lar kabi bir siyosiy nom.
Bu so'z qadimgi aq- fe'lidan kelib chiqqan va "yoshi katta bo'lmoq", "ulg'aymoq", "qarimoq" ma'nolarini bildirgan. Ayrimlar "oqsoqol" so'zini ham shu ildiz bilan bog'lashga uringan, boshqalar esa qo'shilmay, "oq soqolli", "soqoli oqargan kishi" ma'nosini bildirgan deb hisoblaydi.
"Aka" qadimdan faqat qarindoshlikni emas, oiladaning katta erkak, unvon, hurmatni ham bildirgan. Shu sabab turk tillarida aqa/ağa/aka "janob", "xo'jayin", "katta", "hurmatli erkak" ma'nolarida ham ishlatilgan. Misol uchun qozoqchada "äke" otaga nisbatan ishlatilinadi.
Ba’zida professor odam o‘zi mutaxassis bo‘lgan sohada gapirgani yaxshi, bilmaydigan sohada professorlik qilgandan ko‘ra.
Lingvistlar buni yaxshi biladi. “Turkiy” bu “Turk” so‘zining forscha formasi xolos (-iy qo‘shimchasi bilan), ikkisi bir. "O‘zbek" ham tojikchada "O‘zbekiy".
“aslida oʻzbeklar sart, ular kecha sun’iy yaratilgan millat” kabi fikrlarni yozadi. Bu singari gaplarni uchratsangiz, bilingki, oldingizda ilmiy diskursdan yiroq siyosiy buyurtma turibdi.
Batafsil: https://t.co/OyW3aHJX1k
Bugungi Markaziy Osiyoda “sart” soʻzidan va uning tarixidan siyosiy maqsadda foydalanishga urinishlar bor. Ayrim alohida qozoq va qirgʻiz millatchilari oʻzbeklarni “sart” deb yuritishi, bu nom haqoratomuz kontekstda ishlatilishini bilamiz.
Bundan tashqari, ayrim qozoq va tojik tarixchilari sartlar bilan manipulyatsiya qilib, tarixiy bahslarni keltirib chiqarishga urinadi. Xususan, “faloncha odam oʻzbek boʻlmagan, sart boʻlgan, uning oʻzbek tarixiga aloqasi yoʻq”,
Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston armiyasining jangovar shayligini tekshirmoqda
Afgʻonistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida Oʻzbekiston mudofaa vazirligi harbiy okruglarida qoʻshinlarni jangovar shaylikka keltirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boshlandi.
1980 yillardagi "Paxta ishi"da juvonmarg ketgan 10000 lab, Mustaqillik davrida Vatan va Haq uchun jonini bergan minglab yurtdoshlarimiz...
Barchalarini eslaymiz va qadrlaymiz! Vatan, xalq va haq uchun hizmat qilib jon bergan barcha fidoyilardan Alloh rozi bo‘lsin!
//ziyouzcom
9 may O‘zbekistonda rasman Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilingan. Bu kun Georgiy lattasini ko‘krakka qadab, tantana qilib, G‘alaba salyuti otiladigan kun emas. Bu kun mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lon va qizlari xotirasi
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan rus bosqinida, XX asr birinchi yarmidagi qatliomlarda shahid ketgan 1000000 vatandoshlarimiz, 1937-1953 yillarda qatag‘onga uchragan 100000, shundan otib tashlangan 13000, Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan 500000,
Hammayoqda SSSR bayrog‘i. Ilgarilari bu holat kuzatilmas edi. Bir tomondan jadidlarimiz unday bo‘lgan, bunday bo‘lgan deb, boshqa tomondan SSSRni bayrog‘iga ruxsat berishlik mantiqan qanchalik to‘g‘ri ekanligiga hayronman. Bunga qarshi chiqay desang, xalqni o‘zi uni qumsasa. Eh..
“ O‘rtoqlar, bizning vazifamiz sharq ayollarini ozod qilish, ularni jamiyatda erkaklar roli bilan tenglashtirishdir !!! ”
“ Sharq xalqlari endi ozod va tenglik asosida sovet mamlakatida baxtli yashaydilar !!! ”
V.I.Lenin.
Hukumatimiz bu borada jim. Aksincha rus tiliga e’tiborni kuchaytiryapti. Bilmadim qayergacha boramiz bu bilan. Toki o‘zimiz talab qilmas ekanmiz, hech nima o‘zgarmasligi aniq.
Putin migrantlar va rus tili muhiti haqidagi so‘zini eshitgandursiz. Mayli migrantlar haqida ekan-ku! Bizda necha yillardan beri biz bilan bir non yeb, bir suv ichib kelayotganlar bor. O‘zbek tili muhitiga moslashmaganlar bor. Moslashsinlar.
Rus tiliga ham boshqa chet el tillari kabi qaralsin va uni davlat tili bilan bir o‘rinda tutish tugatilsin. Boshqa tillilar qanday qilib rus maktablarida rus tilini o‘rganayotgan bo‘lsalar, rus tillilar o‘zbek maktablarida o‘zbek tilini o‘rganishsin.