Suddan qaytayotgandagi fikrlarim:
Meniyam sudga bering!..
Hurmatli, Jo’rabek Tursunpo’latovich! O’zbek xalq maqoli bor:
Ishi yo’q, itni sug’oradi degan.
Shunchalik ishingiz qomapti, shekilli 2024 yildan beri Otabek Bakirovning ustidan turli mahkamalarga ariza bilan murojaat qilasiz.
Qanchalik bekorchi bo’lishi kerak Energetika vaziri oxirgi 6 oy davomida, 3-4 martalab qayta-qayta bir insonning ustidan ariza yozib, ekspertizaga beraverish uchun?
Hech o’ylab ko’rdingizmi, nechta odamni ovora qilganingizni? Jamoatchilik faollari, tergov organlari, sud, advokatlar ovoramiz!
O’zbekistonda gaz va svet muammosi borligini ko’chadagi 5 yashar bolayam biladi.
Oyni etak bilan yopasizmi?
38 million aholi gaz va svet muammosini aytsak, 38 million odamni sudga berasizmi?
Biz shu paytgacha boshqa Energetika vazirlarini tanimaganmiz, lekin sizni so’z erkinligidek muqaddas huquqqa tupurgan vazir sifafida eslab qolamiz.
Sizning @ibrat_safo ga bergan intervyungizni ko’rgandim. Jurnalist sizni “burchakka oborib tiqqanida”, chiqolmay qolganingiz esimda.
Bu gaplarim nozik qalbingizga mobodo og’irlik qilgan bo’sa, meniyam sudga berishingiz mumkin.
Otabek akaga, aytar so’zim:
Bugun yoningizda shuni his qildim-Siz zamon va makonda adashib tug’ildingiz.
Sizning himoyangiz uchun men va turmush o’rtog’im qatnashayotgan bu sud birinchi ishimiz emas (lekin oxirgisi bo’lishini, boshqa hech kim erkin so’zingizni bo’g’masligini xohlaganmiz) qanday yordam kerak bo’sa, oilaviy doim tayyormiz🙏
Aziza Umarova aytgan fikrlariga menam qo’shilganman:
Siz bilan zamondosh bo’ganimizdan faxrlanamiz! Biz siz bilanmiz!
#jesuisbakiroo