Bir tanishimizning otalari Amerikaga aylanishga kelib, ko’zlari ONE WAYga tushadi va nimaga bular ayrim ko’chalarini boshiga “one vay”-Tojik tilida (O’zbek tilida- “uning onasi”) yozilgan, deb so’rarkanlar. Shu esga tushib ketdi.
@Joniyeva_Aziza Men niholidan olib o’stiryapman, ko’p emas. Qarangki, o’tgan yilgi pomidorlar o’rniga urug’i tushgan shekilli, yana ko’chati chiqqan ekan, ularni ham olib qayta o’tqazdim. Faqat piyoz, ko’katlar, o’smani urug’idan ekdim xolos.
@moin__96 Meni sezonli seriyalarga mehrim baland edi, 2-3 kunda tugatmasam o’ylaverardim. Oxiri ko’rmay qo’ydim. Haftada bir chiqadigan live seriallar bundan mustasno.
@Joniyeva_Aziza Siz ham gulchi bo’lib ketdingiz opa. O’tgan yil men shunday edim. Bu yil #Mittigul bilan ovvoraman. Doimgidek bog’bonchilik ham bo’lyapti, lekin bu yil avvalgidek emas.
Pomidor, rayhon, bulg’or qalampirlar ham ekdik, o’sma ham.
@FiruzAllayev@HumoyunKhan Ko’z yugurtirib chiqdim. O’ylashimcha, yozuvchilar Guatemala forumida sizlar tarjima qilgan kitob asosida tadqiqot ishi tarzida ham taqdim etib, uni chop etishgan.
Yig’loqi ustozlar…
Bugun maktabning so’nggi kuni. Online dars bo’lgani uchun ustozlar holatini kuzatish imkoni bo’ldi. Dars oxirida yig’lab xayrlashyapti. Sababi-boshlang’ich yo yuqori sinf o’qituvchisi bo’ladimi, yangi o’quv yilida hozirgi o’quvchilariga qayta dars berishmaydi.
Bilaman, kuchuklar haqida ko’p yozaman.
Yakshanbada qirg’oq bo’yiga chiqqandik. Bittasi maxsus suratchi yollab, ataylab quyosh botishida iti bilan rasmga tushayotgan ekan, havasim keldi.
O’sha payt #Mittigul bilan fotosessiya qilish xayolimdan o’tmagani uchun o’zimdan uyaldim…