Qulogʻimda naushnik.
Ish qilyotuvdim dadam nimadir dedi, men esa tabiiyki eshitmadim va xoʻp dedim.
Endi meni ne qismat kutishi haqida bosh qotiryapman🙂
Kitoblarimni hammasi qishloqda uyda turadi, ba’zan otam(bobom) oʻqiydi va koʻpincha xulosasi shuniyam pulga olgansanda boʻladi.
Norveg oʻrmonini sotvolganimga bir oydan oshdi, mendan oldin otam oʻqib chiqdi. Kitobni hozir men oʻqiyapman, va otam nimalarni oʻqiganini oʻylasam🗿
Bugun univerdan chiqib ketyotganimda orqamda bitta bola joʻrasiga panyatka beryapti, “ayol kishi yosh boʻlsayam qari boʻlsayam baribir tovuqmiya boʻladi, har qanday yoshda” deydi. Ichimda shu bolaniyam ayol kishi tuqqanmikan degan oʻy oʻtdi.