@dilshodhoshimov@AzamKakhramoni Borgan bo’lar edim, to’g’risi. Odamlar bunday suhbatga qiziqishadi bilaman. Ammo hozircha bora olmasligimni sababini suhbat qursak tushuntira olar edim. Bu yerda juda qiyin, iloji ham yo’q deb o’ylayman. Va Allohu a’lam.
@dilshodhoshimov Shuning uchun yopiq dedimda birodar. Meni ham radikalga chiqarishadi soqolim borligi uchun. Bu siz bilan man chiqqan maydonni oqibatlaridan birida. Man har doim chiroyli, xolis va foydali suhbat tarafdoriman. Ortiqcha niyyatim yo’q.
@dilshodhoshimov Lekin sizni xolis fikr yuritadigan odam deb bilaman. Va siz bilan fikr almashishdan hursand bo’lar edim. @AzamKakhramoni birodar bilan ham. Vaqtingiz bo’lganda yopiq suhbat qursak bir birimizni tushunchalarimizni to’g’ri tushungan bo’lar edik deb o’ylayman.
@odamiylikdandir@AzamKakhramoni Hamma sig’inadi. Ba’zilar Allohga, ba’zilar pulga, ba’zilar xotiniga/eriga, ba’zilar o’ziga. Kim/Nima siz uchun birinchi o’rinda tursa o’sha sizni ilohiz.
@AzamKakhramoni Demokratiya “aksariyat”ni subyektiv fikrini qoida qilib oladi. “Harm principle” va “utilitarianism” kabi moral fikr maktablariga ergashgani sababli hamma yerda har xil demokratiya. Chunki hammani o’zini demokratiyasi bor.
Inson esa obyektiv qo’llanmaga muxtoj: din.
@AzamKakhramoni Demokratiya paradoksga o’xshaydi. Barcha uchun teng huquqlik, ammo bu uchun ba’zi odamlardan huquqlarini olib qo’yamiz; so’z erkinligini barchaga beramiz, lekin hamma jim yurishi kerak degan shart bilan.
Ba’zi musulmonlar bu tizimdan yaxshirog’i yo’q deyishi esa achinarli…
Shunchaki fikringiz…
Videoda Toshkent shevasida gapirilsa bu rostdan ham O’zbek tiliga haqorat hisoblanadimi? Yozishni tushunsa bo’ladi (bu ham aslida bahsli savol). Ammo gapirganda ham bunday filtr qilish… Sheva ham tilni bir qismi emasmi?
Noo’rin savol bo’lsa uzur so’rayman
@Inomjon_Olloyor Barchani bir xil galirishga majburlash ham odamlarni o’ziga hosligidan, yillar davomida shakanib kelgan til javharidan mahrum qilish bo’lmasmikan birodar? Ya’ni menga tug’ilganimdan beri bilgan shevamda gapirishga taqiqlab qo’yishsa, shunda bo’linish sezgan bo’lar edim.
@hayotillo Tushunsa bo’ldimasmi? Maslaan men juda ko’p sheva egalari bilan yashaganman, ishlaganman va o’qiganman. Meni tushunishda qiyinchilik bo’lganini aytishgani esimda yo’q to’g’risi. Toshkent shevasidan boshqa shevada, adabiy o’zbek tilida ham umrimda gapirmagan bo’lsam ham.
@HamidjonA90258 Menimcha, kontent qilayotgan odam shunga qarab harakat qilishi kerak. Ya’ni odamlar uni tushunishga qiynalayotganini sezsa, unda o’zgartirish kiritish kerak.
Va Allohu a’lam
@d_farkhadjanov Fikringiz uchun rahmat birodar. Alloh rozi bo’lsin.
Lekin shevada gapirish xato degan qismiga qo’shilmaslikka moyilroqman. Chunki sheva ham tilni bir katta qismi. Toshkent shevasida gapirgan odam o’zbek tilida gapirmayapdi demaymizku.
@subjectnazar Fikringiz uchun JazaakAllohu xoyron. Ba’zi joylariga qo’shilmasam ham, aksariga qo’shilaman va manfaat oldim. Alloh rozi bo’lsin.
Umuman olib qaraganda, bunday mavzularda sog’lom suhbat olib borish muhim deb bilaman.
Fikringizni chiroyli tarzda taqdim etganingiz uchun rahmat.