Kreditlarini o‘z farzandini sotish bilan yopmoqchi bo‘lgan ota-onaning kelajagi 5 yilga “muzlatildi”. Turkiyaga tuzilgan marshrut esa koloniyaga o‘zgardi.
https://t.co/5QtNqaxoVE
O‘simlik yog‘lari tarkibida neft bormi? Ular saratonga olib keladimi?
Bugun ijtimoiy tarmoqlar o‘simlik moylari, ayniqsa kungaboqar yog‘i tarkibida neft mahsuloti borligi va u saraton keltirib chiqarishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Bunga asos qilib esa yapon olimlarining tadqiqoti va ilmiy maqolalari keltirilyapti.
https://t.co/bbM7f4g5BC tahririyati bu mavzuga aniqlik kiritish va bu mavzuga yakun yasash maqsadida soha eskperti bilan suhbat o‘tkazishga qaror qildi. O‘zbekiston o‘simlik moylari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi raisi Oybek Zufarovning O‘zbekistondagi yog‘lar haqida ochiq-oydin fikrlarini Youtube sahifamizda tomosha qiling.
Batafsil: https://t.co/w4HKyTw5HP
Andijonda tantanali kuzatilgan 200 dan ortiq ishchi Belarusga yetib borgach orzularidagi maosh aeroportni o‘zida qolib ketganini aytishmoqda.
Bu yerda eng qimmat narsa ish haqqi emas, kuzatish marosimi bo‘lib chiqyapti, shekilli.
Parkovkaga 12 mingni qizg‘angan haydovchi endi 880 mingni topish bo‘yicha yangi moliyaviy strategiya ishlab chiqishga majbur bo‘lishi mumkin.
https://t.co/oRdIO5q7M2
O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy davlat fuqarosi ham ro‘yxatga olingan. Eng ko‘p davlat fuqarolari Hindiston bo‘ldi.
🇮🇳Hindiston — 13 312 nafar;
🇷🇺Rossiya Federatsiyasi — 10 826 nafar;
🇰🇿Qozog‘iston — 9 425 nafar;
🇹🇯Tojikiston — 5 722 nafar;
🇹🇲Turkmaniston — 5 347 nafar;
🇰🇬Qirg‘iziston — 4 397 nafar;
🇵🇰Pokiston — 1 433 nafar;
🇨🇳Xitoy — 1 031 nafar;
🇹🇷Turkiya — 811 nafar;
🇰🇷Koreya Respublikasi — 691 nafar;
▪️boshqa davlatlar — 3 865 nafar.
O‘zbekistonda o‘zbeklardan keyingi eng ko‘p millat vakillari tojiklar bo‘ldi — 1 mln 276 ming 941 nafar.
Qoraqalpoqlar — 841 ming 397 nafar
Qozoqlar — 707 ming 329 nafar
Ruslar — 606 ming 528 nafar
Qirg‘izlar — 219 ming 91 nafar
Turkmanlar — 194 ming 757 nafar
Boshqalar — 300 ming 19 nafar
Kamilla Raximova, Polina Kudermetova, Mariya Timofeyeva – bular tennisning eng qadimiy va nufuzli turniri bo‘lgan Uimbldon musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan tennischilarimiz. Bu ilk marta uchbu turnirda mamlakatimiz nomidan 3 nafar tennischi qatnashishi.
Tarix!
O‘zbekistonda ilk milliy kredit karta ishga tushirilmoqda
Milliy kredit kartani 25-iyundan boshlab MKBANKning barcha ofislarida rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. (Reklama)
https://t.co/uEsNEnhAka