Bismillah!
Hubbuna loyihasi Twitterda ham faoliyat boshladi! Sizlar uchun oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida qisqa, foydali postlar yozib boramiz, inshaalloh.
Bizni Telegram va Instagramda ham kuzatishingiz mumkin.
Yolg'izlikdan emas, gavjumlikdan qo'rqaman,
Dunyolardan emas, o'z-o'zimdan qo'rqaman.
Yo'qotishlardan-ku cho'chimay qoldim,
Men topishdan qo'rqaman...
(C)
Yaqinda bir ayol nomahramlar bilan shunchaki gaplashib yurganini yozyapti... 🙄
Nomahram bilan shunchaki gaplashilmaydi. Zarurat bo'lsagina gaplashiladi. Ijtimoiy tarmoq orqali bo'lsa ham, sms orqali, telefonda bo'lsa ham yoki hayotda ham – farqi yo'q.
#nomahram#Eslatma
Satrlanish faqat taqvodorlardan, iymoni kuchlilardan talab qilingan narsa emas. U balog‘atga yetgan har bir muslima uchun farzdir. Hatto iymoni eng kuchsiz kishi bo'lsa ham!
#ayollar#hijob
Farzandingizning sizga aytmoqchi bo’lgan har qanday so’zini tinglang.
Agar bugun kichik masalalarini tinglamasangiz, kun kelib ular sizga katta(muhim) masalalarini aytishmaydi.
#tarbiya
Bir soliha ayol bor ekan. U doim juftiga: "Uyqu ham, ovqat ham sizdan afzal emas", deya doim uning atrofida parvona bo‘lar ekan. Bir kuni er xotiniga ayol kishi haqida gap ochganda "Hozir vaqtim yo‘q, keyin gaplashamiz" degan ekan. 😊
#Tabassum