Doimo yodda tuting
Bir kuni vafot etsangiz, o'zingizning oilangizdan boshqa barchaga o'sha kun odatdagidek kun bo'ladi.
Shuning uchun jamiyatdagi odamlar siz haqingizda nima deb o'ylashi haqida qayg'urmasangiz ham bo'ladi.
Men aynan shunday qilaman doimo
@Eleuteromaniya Puliz boshqa ovqatlarga ham yetib turgan, bu bómasa boshqasi degan holatda bu narsa yoqmasligi mumkin. Och qorin va oxirgi pulizga olganizda boshqacha baho berardiz menimcha))
Bugun klassik SLAPPga misol bo’ladigan Otabek Bakirovning sud ishida qatnashdik.
SLAPP huquqiy atama bo‘lib, inglizcha Strategic Lawsuit Against Public Participation so’zlarining qisqartmasi.
Men bu atamani birinchi marta School of American Law dasturida (Chicago-Kent College of Law) o‘qiyotganimda eshitganman. O‘shanda professorga Otabek Bakirovning 2025-yildagi ishida qatnashayotganimizni aytib, savol bergandim. Professor bu ishni klassik SLAPPning yorqin namunasi deb baholagan edi. Afsuski, qariyb 1.5 yil o‘tgach, biz yana shu ish yuzasidan sudda turibmiz.
SLAPP bu jamiyatning muhim masalalarini muhokama qilish yoki tanqid qilish huquqini cheklash maqsadida ochiladigan strategik sud da’vosi. Bunday da’volar odatda davlat organlari va tashkilotlari, kuchli shaxslar kompaniyalar, mansabdorlar tomonidan oddiy fuqarolar, jurnalistlar, faollar yoki nodavlat tashkilotlarga qarshi ochiladi.
Asosiy maqsadi: Raqibni (tanqidchini) sud xarajatlari, vaqt va ruhiy bosim bilan charchatib, uni jim qilish, tanqidni to‘xtatish yoki odamlarni boshqalarni tanqid qilishdan qo‘rqitish (chilling) effectini keltirib chiqarish.
SLAPP da’vosining belgilari:
Da’vo mazmuni bo‘yicha zaif yoki asossiz bo‘ladi.
Da’vogar haqiqatni topishdan ko‘ra, jarayonni cho‘zish va bosim o‘tkazishni maqsad qiladi.
SLAPPning xavfli tomonlari nimada:
1. “Chilling Effect” - Qo‘rqinch effekti (eng katta xavf)
Bitta SLAPP nafaqat javobgarni, balki butun jamiyatni qo‘rqitadi. Odamlar “men ham yozsam yoki tanqid qilsam, menga ham sud ochiladi” deb o‘ylay boshlaydi. Natijada o‘zini-o‘zi senzura qilish kuchayadi, muhim ijtimoiy muammolar yashirin qoladi.
2. Resurslarni charchatish va moliyaviy bosim:
SLAPPning asosiy maqsadi - g‘alaba emas, jarayonning o‘zi. Oddiy fuqaro yoki blogger sud xarajatlari, advokat haqi, vaqt va ruhiy bosimga bardosh bera olmaydi. Kuchli tomon (vazir, kompaniya) esa bu xarajatlarni osongina ko‘taradi. Ko‘pincha ish sudda yutqazilsa ham, javobgar allaqachon moliyaviy va ruhiy jihatdan “o‘ldirilgan” bo‘ladi.
3. Kuchlar tengsizligini kuchaytirish:
Davlat mansabdori yoki yirik kompaniya bilan oddiy fuqaro o‘rtasidagi tengsizlikni sud orqali yanada chuqurlashtiradi. Sud tizimi kuchlilarning qo‘lida qurolga aylanadi.
4. Demokratiya va fuqarolik ishtirokiga tahdid:
Fuqarolar jamoat masalalarida (muhit, korrupsiya, xizmat sifati) faol ishtirok etishdan qo‘rqadi.
Natijada hukumat va mansabdorlar ustidan jamoatchilik nazorati zaiflashadi.
Bu hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini ham buzadi - sud ijro hokimiyatining “qo‘lida” ishlay boshlaydi.
5. Sud tizimining obro‘sini tushirish:
Sudlar asossiz, bosim ostidagi ishlar bilan to‘lib ketadi. Odamlarda “sud adolat emas, kuchlilarning quroli” degan fikr mustahkamlanadi. Bu esa huquqiy davlat tamoyillarini butunlay zaiflashtiradi.
7. Ijtimoiy va iqtisodiy zarar:
Tanqid bo‘lmaganda muammolar yashirin qoladi va kattalashadi (masalan, energetika, ekologiya, korrupsiya).
Investitsiyalar va ishbilarmonlik muhiti ham zarar ko‘radi, chunki ochiqlik va hisobdorlik pasayadi.
SLAPP bu faqat bitta odamga qarshi ochilgan ish emas. Bu butun jamiyatning ovozini bo‘g‘ish, demokratiyani ichidan yemirish va fuqarolik huquqlarini yo‘q qilishning juda xavfli usuli. Aynan shuning uchun dunyoning ko‘p mamlakatlari bunga qarshi maxsus qonunlar qabul qilmoqda.
Dunyodan orqada qolmaslikni, so’z erkinligi indeksida 180 ta davlatning ichida 147! o’rindan yuqorilashni istasak (O’zbekiston dunyoda eng past quyi o‘rinlarda qolmoqda) SLAPP ga qarshi normalar qabul qilishimiz kerak.
24 yosh bu shunday yosh:
O'zingi na katta, na kichik his qiladigon yosh. Hozircha 20, kelasi yildan 30ga yaqinroq bo'ladigon yosh
Hamma tanishlaring bir necha yil oldin sochilib ketgan va o'sha yerlarda o'rnashib olgan yosh
Chet elga sayohatga borishga puling yetadigon lekin ko'proq ishlashing kerak bo'lgan yosh
Bir necha yil oldin boshlagan kasbing bilan ancha kelishib olgan yosh
Sinfdoshlar gruppasiga yozmay qo'yadigon yosh
O'qishni tugatganingdan keyin to'yib uhlasang bo'ladigon yosh
Hayotingga yangi do'stlar kirib kelishi kamaygan yosh
Oldin dadang bilan ekkan daraxtingi mevalarni terib yeydigon yosh
Hadeb yangi o'yinlar o'ynamay Dota, CS, PESni davom ettiradigon yosh
Moshinadan tashqari uy, kvartira narxlariga qiziqadigon yosh
Qarindoshlar yeg'ilganda sen gaplashadigon tengdoshlaring chet elda bo'ladigon yosh
Musiqadagi did sal qorayadigon yosh
10-15 yoshda ko'rgan o'zbek kinolarni boshqacha perspektiva bilan ko'radigon yosh
Kamida 30 yoshli odam yoshingni so'rasa aytsang hali yosh ekansiz deydigon yosh
@mirzadomot Rostdan ham qabul qilish qiyin bo'lar ekan, opasi yoki singlisi borlarga tanish hissiyot. Bizni nazdimizda singlimiz hali ham kichkina qiz. Rashk, qizg'onish.. Tushuntirish qiyin boʻlgan gʻalati hissiyot.
Juda ko'p o'ylab shu qarorga keldim. Bizni tashqi kutuvlarimiz baxtsiz qiladi.
Kutuvsizlik holati absolyut baxt beradi. Ko'chada ketayapsan hech kimdan hech narsa kutish istagi yo'q
Quyosh biroz qizitadi
Shamolcha
Baxt
RT qilib yordam qilsanglar xursand boʻlar edim:
Istagramda 176 ming obunachim bor.
16 mlndan oshiq koʻrishlar oyiga.
Telegramda 14 ming obunachi bor.
Ular ham aktiv.
Kimga reklama kerak boʻlsa reklama sotaman. Oʻgʻlimni davolatish xarajatlariga sarflayman pulni.
>>>
Китоб ўқиш – ўзини зўрлаш, дейди акам. Ўқиш – машаққат. Китоб ўқишни романтик машғулот қилиб кўрсатишади. Аммо мутоала азоби ҳақида гапирилмайди.
Китоб ёки мақолани тугатиш учун сатрлар ора диққатни судраб ўтиш керак. Хатбоши охирига келиб, диққатимиз унинг ярмида қадалиб қолганини топамиз.
Енгил ўқиладиган матннинг бошқа азоби бор. Зерикиш, беъманилик таъми, исроф ҳисси.
Болалигимда ўқишни яхши кўрармидим? Айтиш қийин. Фақат китобдаги воқеалар ёки ғоялар қизиқ бўлгани учун ва қандайдир бир катта ишни якунлаганлик ҳисси учун ўқиган бўлсам керак. Баъзан адабиётни ўқиб кино ичига тушиб қолгандек бўлардим. Аммо бу ҳолат дарров келмасди. Асарларнинг аввалидек оғир юк бўлмайди. Лекин бу "ўлим водийини" босиб ўтиш керак. Ўқиш аламини ширинлик билан босар эдим. Болалик китобларим ичида конфет қоғози ёки сахифаларда шоколад доғларини кўриш мумкин....
Ҳозир эса ҳолат ёмонлашди (ширинлик унчалик ёрдам бермайди). Ўқишга ажратган вақт тугамасдан тўхтаб қоламан. Бунга сабаб – уч тўрт бет ичида маъно шунчалик улкан туюладики, уни ҳазм қилмай туриб давомига ўта олмай қоламан. Баъзан эса бир хатбошига сиғдирса бўладиган ғоя тўртта бобгга ёйилган бўлади. Бу ҳам чарчатади. Шу сабаб тугатиш қисмати ҳеч қайси китобга кафолатланмайди.
Ўқиш машаққат ва азоблигини билсам ҳам, китобга тортаверади. Нега ундай, билмадим. Эҳтимол ўзгаришни истаганимдан? Нимадир янги нарсага, эга бўлиш, янги ҳолатни топиш иштиёқими? Шунақа бўлса керак.
Яна бир масала ўқишга ундаётгандек бўлади, бу кетаётган вақт масаласи.
Вақт ўтиб бориб, бизда таасурот ва хотира қолдиради. Китоб билан ўтган вақт эса завқ кечинмаси ва янги маъноларга тўла хотирани қолдиради. Аммо булар ўша азобга чидаш эвазига берилади. Шунинг учун ўқиш машаққатига тортаверса керак.
@mss_ylbrsva "Moliyaviy ahvoli yaxshi" degani bu doim yaxshi yoki topishi kamroq bólganni hamma vaqt shunaqa bóladi deyish notóğri. Hammani óz vaqti bor. Turmush "moliyaviy ahvoli" ga qarab emas shaxsiyati, eʼtiqodiga qarab qurish kk deb oʻylayman. Har kimni óz ólchovi bor. This is my opinion
@nooriyINC E'tibor, pont uchun, o'zini emas atrofidagilarini emotsiyasi uchun, "wow" degan gapni eshitish un qiladi deb o'ylayman. Shaxsiy fikri yo'qligi sababli shunchaki ommaga ergashishadi. Juda mantiqsiz ish.